Jahon

Ilk tashrif: Putin kutilmaganda Xersonga bordi

Rossiya prezidenti mart oyida esa Mariupolga borgandi.

Ilk tashrif: Putin kutilmaganda Xersonga bordi

 

Rossiya prezidenti Vladimir Putin kecha, 17 aprel kuni Dnepr qo‘shinlari guruhining Xerson yo‘nalishidagi qarorgohiga tashrif buyurdi

 

Davlat rahbari shtabda Havo-desant qo‘shinlari qo‘mondoni, general-polkovnik Mixail Teplinskiy, Dnepr kuchlari guruhi qo‘mondoni, general-polkovnik Oleg Makarevich, shuningdek, boshqa harbiy rahbarlarning hisobotlarini tinglagan.

 

Putin Xerson viloyatiga birinchi marta tashrif buyurdi. Avvalroq u mart oyida Mariupolga borgandi.

 

Maʼlum qilinishicha, Putin Xersonga vertolyotda borgan, shundan so‘ng u mashinada bir necha tumanlarni aylanib chiqqan.

 

Ushbu tashrif bugunga qadar sir tutildi. Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov Putinning bu safari dastlab rejalashtirilmagani va o‘z-o‘zidan sodir bo‘lganini aytdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"