Jahon

Malayziyalik ota-ona 5 yoshli qiziga Mercedes sovg‘a qildi

Bu maktabga borishni istamagan bola uchun motivatsiya bo‘lgan.

Malayziyalik ota-ona 5 yoshli qiziga Mercedes sovg‘a qildi

 

Ijtimoiy tarmoqlarga qizning onasi undan tug‘ilgan kunida nima istayotganini so‘ragani aks etgan video joylashtirildi. Qizning aytishicha, u yashil rangdagi Mercedes G-class yoki BMWni xohlaydi. Ona agar u maktabga borishga rozi bo‘lsa, bu xohishini bajarishga vaʼda bergan.

 

Keyinroq ota-ona ko‘zi bog‘langan qizini mashina oldiga yetaklab ketayotgani tasvirlangan yana bir video paydo bo‘ldi. Ayol qizini birinchi sinfga borishga undash uchun qimmat mashina xarid qilishga qaror qilganini tushuntirdi.

 

Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari bolaga berilgan sovg‘aga noaniq munosabatda bo‘lishdi. Baʼzilar qizchaning ota-onasini olqishlagan, boshqalari esa u baribir sovg‘adan foydalana olmasligi sababli kattalarni tanqid qilishdi.

 

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"