Jahon

AQSH va Janubiy Koreya yana qo‘shma harbiy mashg‘ulotlarni boshladi

Bu Shimoliy Koreyaga javobmi?

AQSH va Janubiy Koreya yana qo‘shma harbiy mashg‘ulotlarni boshladi

 

17 aprel kuni Janubiy koreya va AQSH harbiy-havo kuchlarining keng ko‘lamli harbiy mashg‘ulotlari boshlanadi. Bu haqda “Yonhap” agentligi xabar berdi.

 

Manevrlarda jami 110 ga yaqin samolyot, jumladan, F-35A qiruvchi, FA-18 qiruvchi-bombardimonchi va A-10 hujumchi samolyotlari ishtirok etishi kerak. Mart oyi boshida Seul va Vashington bir qator harbiy mashg‘ulotlar, jumladan, oxirgi besh yildagi eng yirik “Ozodlik qalqoni” nomli mashg‘ulotlarini o‘tkazgan edi. AQSH va Janubiy Koreya bunday faollikni KXDR tahdidlariga javob berish zarurati bilan izohlamoqda. Ayni paytda, tahlilchilar fikricha, Koreya yarim orolidagi vaziyat Vashington uchun mintaqadagi harbiy ishtirokini oshirish uchun bahona, xolos.

 

Manevrlar Kvanju havo kuchlari bazasida boshlanadi va 12 kun davom etadi.

 

Seulning taʼkidlashicha, mashg‘ulotlar doirasida ikki mamlakat harbiy-havo kuchlari, xususan, to‘rtinchi va beshinchi avlod qiruvchi samolyotlari ekipajlari o‘rtasida o‘zaro aloqa o‘rnatiladi.

 

Eslatib o‘tamiz, bu Janubiy Koreya va AQSH harbiy-havo kuchlarining aprel oyidagi birinchi mashg‘uloti emas. Janubiy Koreya Mudofaa vazirligi juma kuni ikki davlat AQSHning b-52H strategik bombardimonchi samolyoti bilan mashg‘ulot o‘tkazganini maʼlum qildi. Bu mashg‘ulotlar KXDR birinchi marta “Xvason-18” qattiq yoqilg‘i qitʼalararo ballistik raketasini uchirgan kunning ertasiga bo‘lib o‘tdi.

custom img

Sadir Japarov aholi punktlariga shaxslar nomini berishni taqiqladi

Qirgʻiziston prezidentining ta’kidlashicha, bunday masalalar jamiyatda bo‘linish va bahslarga sabab bo‘lmoqda.

custom img

Hormuz bo‘g‘ozidagi tanglik global oziq-ovqat inqiroziga olib kelishi mumkin — BMT

Bo‘g‘oz orqali yuk tashish tiklanmasa, yaqin oylar ichida oziq-ovqat narxlari keskin ko‘tarilishi mumkin.

custom img

O‘zbekiston fuqarolariag Germaniyadagi harbiy muzeyga kirish ta'qiqlandi

Shuningdek, Rossiya, Ukraina, Qozogʻiston, Ozarbayjon, Xitoy, Shimoliy Koreya va boshqa bir qator davlatlarga ham cheklov joriy etilgan.

custom img

Makron AQSh va Eronni Hormuz bo‘g‘ozini ochishga chaqirdi

Fransiya prezidenti shuningdek, Donald Tramp va Mas'ud Pezeshkianni Islomobodda to'xtatilgan muzokaralarni qayta boshlashga undadi.

custom img

AQSh va Eron yaqin kunlarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarni tiklashi mumkin — Reuters

Manbalarga ko‘ra, Tehron muzokaralarning yangi bosqichiga tayyor, AQSh pozitsiyasi esa hali noma’lum.

custom img

Saudiya Arabistoni AQShdan Hormuz blokadasini bekor qilishni talab qildi

Saudiya rasmiylari vaziyat keskinlashganida Bab al-Mandeb bo‘g‘ozi ham xavf ostida qolishi mumkinligini bildirdi.

custom img

Xitoy tankeri AQSh blokadasiga qaramay Hormuz bo‘g‘ozidan o‘tdi

Xitoy AQSHni Eron neftini olish uchun Hormuz bo‘g‘oziga o‘z tankerlarini yuborishda davom etishi haqida ogohlantirgan edi.

custom img

Eron arab davlatlaridan tovon puli talab qildi

Yaqin Sharq mamlakatlari AQSH va Isroilning Eronga qarshi urushida ishtirok etib, xalqaro huquqni buzganlikda ayblanmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"