Jahon

Eron yangi raketani sinovdan o‘tkazdi

U 8 km masofagacha zarba bera oladi.

Eron yangi raketani sinovdan o‘tkazdi

 

Eronning quruqlikdagi qo‘shinlari yangi “Sadid-365” tankga qarshi boshqariladigan raketani (ATGM) muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazdi. Bu haqda “Tasnim” xabar bermoqda.

 

Maʼlum qilinishicha, raketa 8 kilometrgacha masofaga zarba bera oladi va u har xil turdagi zirhli texnikalarni urib tushirishga qodir. Shuningdek, raketa hattoki tanklarni faol himoya qilish tizimini ham yengib o‘ta oladi.

 

Eronning quruqlikdagi qo‘shinlarining zirhli transportyorlari to‘rtta “Sadid-365” bilan jihozlanadi.

 

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"