Jahon

Xitoyda qum bo‘roni kuzatilmoqda

Mamlakatda noqulay ob-havo haqida ogohlantirish eʼlon qilindi.

Xitoyda qum bo‘roni kuzatilmoqda

 

Xitoy Markaziy meteorologiya xizmati maʼlumotlariga ko‘ra, 11-12 aprel kunlari qum va chang bo‘ronlari Shinjon, Ichki Mo‘g‘uliston, Xebey, Shansi, Shensi, Xenan, Lyaonin, Szilin, Xeylunszyan, Anxoy, Szyansu, Xubey, shuningdek, Pekin, Tyanszin va Shanxay kabi megapolislarga ham taʼsir qiladi.

 

Ichki Mo‘g‘ulistonning markaziy qismida kuchli qum bo‘ronlari kutilmoqda.

 

Xitoy poytaxtining bir qancha hududlarida havoning ifloslanishi salomatlik uchun “xavfli” deb baholangan. RM10 zarrachalarining konsentratsiyasi 1000 mkg/kub dan oshadi.

 

Meteorologlar chorshanba kuni ertalabgacha vaziyat yaxshilanadi, havo ifloslanishi darajasi asta-sekin pasayishda davom etadi, deb xabar qilmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"