Jahon

Eronda o‘quvchilar kimyoviy gazdan zaharlandi

Hodisa oqibatida kamida 47 o‘quvchi qiz jarohat olgan, ulardan 20 nafarining ahvoli og‘ir.

Eronda o‘quvchilar kimyoviy gazdan zaharlandi

 

Eronning Kurdiston viloyatidagi Miraj qizlar maktabi o‘quvchilari kimyoviy gazdan zaharlandi.

 

Kamida 47 o‘quvchi qiz jarohat olgan, ulardan 20 nafarining ahvoli og‘ir. Eron rasmiylari voqea yuzasidan hozircha izoh bermagan.

 

Jabrlanganlarning ota-onalari maktab devoridan Eron bayrog‘ini olib tashlashdi va oliy yetakchi Ali Xomanaiyga qarshi shiorlar aytishdi. Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, maktab yaqinida huquq-tartibot kuchlari bilan to‘qnashuv ham sodir bo‘lgan.

 

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"