Jahon

Fransiyada 4 qavatli turarjoy qulab tushdi

Keyinroq binoda yong‘in boshlangan.

Fransiyada 4 qavatli turarjoy qulab tushdi

 

Fransiyaning Marsel shahrida turarjoy binosi butunlay qulab tushdi. Oqibatda umumiy hisobda 33 kishi jarohat olgan. Ulardan 5 nafarining ahvoli og‘ir, qolganlar yengil jarohatlangan.

 

Hodisa shaharning bar va restoranlari bilan mashhur tumanlarining birida yuz berdi. Vayron bo‘lgan uyga qo‘shni ikkita bino ham qisman qulab tushgan. Keyin vayronalarda yong‘in boshlandi. Shahar meri Benua Payan vayronalar ostidan marhumlar topilishi mumkinligini istisno etmadi.

 

Favqulodda xizmatlar qulashga portlash sabab bo‘lgan deb taxmin qilmoqda.

 

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"