Jahon

Lavrov va Chavusho‘g‘li Ukraina masalasini muhokama qildi

Ular urushning muzokaralar orqali tugashini kutayotganini taʼkidlagan.

Lavrov va Chavusho‘g‘li Ukraina masalasini muhokama qildi

 

Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlut Chavusho‘g‘li rossiyalik hamkasbi Sergey Lavrov bilan Ukrainadagi vaziyatni muhokama qildi.

 

Vazirlar yakkama-yakka muzokara o‘tkazgan va ulardan keyin delegatsiyalar uchrashuvi bo‘lgan.

 

“Albatta, Ukraina masalasi uchrashuvlarimizda muhokama qilingan mavzulardan biri bo‘ldi va biz bir qator mintaqaviy muammolarni ham gaplashdik. Urushning xalqaro huquq asosidagi muzokara jarayoni orqali tugashini kutayotganimizni yana bir bor taʼkidladik. Har doimgidek, Anqaraning kelishuv uchun barcha saʼy-harakatlarini qilishga tayyorligini bildirdik”, — dedi turkiyalik vakil.

 

Chavusho‘g‘li Rossiyaning Turkiyadagi zilzila oqibatlarini bartaraf etishdagi yordam va saʼy-harakatlari uchun Moskvaga minnatdorchilik bildirdi.

 

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"