Jahon

Vaqtni "muzlatganʼʼ muzey

Istanbulda bolalar uchun maxsus g‘aroyib muzeylar borligini bilarmidingiz?

Vaqtni "muzlatganʼʼ muzey

 

O‘ziga xos sayohat tajribalarini taklif etuvchi yetakchi global yo‘nalish bo‘lgan Istanbul, ayni paytda bolalar uchun ham munosib shahardir. Istanbulning turli muzeylari bolalarning madaniyat, sanʼat, texnologiya va tarix haqidagi tushunchalarini kengaytirib, butun oila uchun qiziqarli lahzalarni yaratadi. Istanbuldagi bolalar muzeylari ham 23 aprel “Turkiyaning Milliy suvereniteti va bolalar bayrami”ga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

 

Samolyotlar, avtomobillar va boshqalar: Rahmi M. Koch muzeyi

 

1994 yilda ochilgan Rahmi M. Koch muzeyi Istanbuldagi noyob muzeylar sirasiga kiradi. Oltin shox sohilidagi Hasko‘yda joylashgan muzey Turkiyaning transport, sanoat va aloqa tarixiga bag‘ishlangan yagona yirik muzeyidir. Muzey klassik avtomobillar, birinchi tramvaylar, qayiqlar, antiqa samolyotlar, paroxodlar va penni-fartings (ilk velosiped turlari) aks ettirilgan eksponatlar bilan o‘tmishga unutilmas sayohatni vaʼda qiladi. Shuningdek, tashrif buyuruvchilar ilmiy ixtirolar va asboblarga bag‘ishlangan bo‘limlarda o‘z ufqlarini kengaytirishlari mumkin. Muzey kolleksiyasida Mustafo Kamol Otaturkning shaxsiy buyumlari ham bor. Rahmi M. Koch muzeyida muntazam ravishda bolalar uchun turli tadbirlar va mahorat darslari tashkil etiladi. Shuningdek, ularning ota-onalari muzey yaqinidagi dengiz bo‘yida joylashgan kafe va restoranlardan bahramand bo‘lishlari mumkin.

 

Bolalikka sayohat: O‘yinchoqlar muzeyi

 

Onado‘li yoqasining eng mashhur tumani Kadiko‘yda, tarixiy saroyda joylashgan Istanbul O‘yinchoqlar muzeyi rang-barang o‘yinchoqlar dunyosiga har qanday yoshdagi ziyoratchilarni kutib oladi. Shoir va yozuvchi Sunay Akin tomonidan yigirma yil davomida 40 dan ortiq mamlakatlardagi antiqa do‘konlar va auksionlardan to‘plangan o‘yinchoqlar to‘plamiga ega bo‘lgan O‘yinchoqlar muzeyi ota-onalar va bolalar birgalikda vaqt o‘tkazishlari uchun ajoyib manzildir. Muzey eksponatlari 1700 yillardan hozirgi kungacha bo‘lgan o‘yinchoqlar tarixining eng mashhur namunalarini o‘z ichiga oladi. Bu ota-onalar va bolalarga dunyo tarixini qiziqarli va esda qolarli tarzda o‘rganish imkoniyatini beradi. Shu o‘rinda, Istanbuldagi ushbu o‘yinchoqlar muzeyi butun dunyo bo‘ylab “Bolalar va o‘yinchoq muzeylari ittifoqi”ning tashkil etilishiga asos solgan bo‘lib, Istanbulga “o‘yinchoq muzeylari poytaxti” unvonini berilishiga sababchi bo‘ldi.

 

Vaqtni “muzlatgan” muzey: Miniaturk

 

Bolalar tomonidan sevilgan yana bir muzey esa Onado‘lida tarix davomida hukmronlik qilgan sivilizatsiyalarning meʼmoriy merosini birlashtirgan Miniatyurk muzeyidir. 2003 yilda "Katta mamlakatning kichik modeli" shiori bilan tashrif buyuruvchilar eʼtiboriga havola etilgan Miniaturk, Turkiyaning eng muhim asarlarining 1/25 o‘lchamli maketlari namoyish etilgan noyob muzeyidir. Karvonsaroylardan majmualargacha, masjidlardan to cherkov va sinagogalar, qadimiy binolaru saroylargacha bo‘lgan 137 ta meʼmoriy asarlarning miniatura maketlari Turkiyaning sanʼat va meʼmorchiligini namoyish etadi. Miniaturkga tashrif — bu turk tarixiga g‘oyibona sayohatdir!

 

Xayollar olami: Illyuziya muzeyi

 

Aslini olganda, bolalarni sehr va illyuziya hamisha diqqatini tortgan. Optik illyuziyalar, gologrammalar, illyuzion tunnellar va tashrif buyuruvchini teskari ko‘rinishga olib keladigan, barcha yoshdagi mehmonlarga qiziqarli tajribalarni taqdim etadigan mohirona tarzda ishlab chiqilgan xonalar... Istanbul illyuziyalar muzeyi bolalarga interaktiv va qiziqarli sayohatni taklif qilsa, ko‘rgazmalar o‘zining idrok qilish hiylalari bilan bolalarning tasavvurlarini rivojlantirishga ham hissa qo‘shadi. Muzeyda farzandingiz bilan ajoyib vaqt o‘tkazing va ko‘plab fotosuratlarni tarixga muhrlang!

custom img

Sadir Japarov aholi punktlariga shaxslar nomini berishni taqiqladi

Qirgʻiziston prezidentining ta’kidlashicha, bunday masalalar jamiyatda bo‘linish va bahslarga sabab bo‘lmoqda.

custom img

Hormuz bo‘g‘ozidagi tanglik global oziq-ovqat inqiroziga olib kelishi mumkin — BMT

Bo‘g‘oz orqali yuk tashish tiklanmasa, yaqin oylar ichida oziq-ovqat narxlari keskin ko‘tarilishi mumkin.

custom img

O‘zbekiston fuqarolariag Germaniyadagi harbiy muzeyga kirish ta'qiqlandi

Shuningdek, Rossiya, Ukraina, Qozogʻiston, Ozarbayjon, Xitoy, Shimoliy Koreya va boshqa bir qator davlatlarga ham cheklov joriy etilgan.

custom img

Makron AQSh va Eronni Hormuz bo‘g‘ozini ochishga chaqirdi

Fransiya prezidenti shuningdek, Donald Tramp va Mas'ud Pezeshkianni Islomobodda to'xtatilgan muzokaralarni qayta boshlashga undadi.

custom img

AQSh va Eron yaqin kunlarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarni tiklashi mumkin — Reuters

Manbalarga ko‘ra, Tehron muzokaralarning yangi bosqichiga tayyor, AQSh pozitsiyasi esa hali noma’lum.

custom img

Saudiya Arabistoni AQShdan Hormuz blokadasini bekor qilishni talab qildi

Saudiya rasmiylari vaziyat keskinlashganida Bab al-Mandeb bo‘g‘ozi ham xavf ostida qolishi mumkinligini bildirdi.

custom img

Xitoy tankeri AQSh blokadasiga qaramay Hormuz bo‘g‘ozidan o‘tdi

Xitoy AQSHni Eron neftini olish uchun Hormuz bo‘g‘oziga o‘z tankerlarini yuborishda davom etishi haqida ogohlantirgan edi.

custom img

Eron arab davlatlaridan tovon puli talab qildi

Yaqin Sharq mamlakatlari AQSH va Isroilning Eronga qarshi urushida ishtirok etib, xalqaro huquqni buzganlikda ayblanmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"