Jahon

Oq uy rahbarligiga yana bir da'vogar

Jon Kennedining jiyani prezidentlik saylovida qatnashish uchun ariza topshirdi.

Oq uy rahbarligiga yana bir da'vogar

 

AQShning 35-prezidenti Jon Kennedining jiyani Robert Kennedi Federal saylov komissiyasiga 2024- yilgi Demokratik prezidentlik saylovlarida ishtirok etish uchun ariza topshirdi. Bu haqda CNN telekanali xabar berdi

 

69 yoshli kichik Kennedi atrof-muhit bo'yicha huquqshunos va emlashga qarshi faol sifatida tanilgan. U sobiq Nyu-York senatori, AQSh Bosh prokurori Robert Kennedining o‘g‘lidir.

 

Kichik Kennedi Demokratik partiyadan prezidentlikka ro'yxatga olingan ikkinchi nomzoddir.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"