Jahon

Bolgariya Rossiya kemalari uchun barcha portlarini yopdi

Taqiq 8-apreldan kuchga kiradi.

Bolgariya Rossiya kemalari uchun barcha portlarini yopdi

 

Bolgariya hukumati Yevropa Ittifoqining sanksiyalarni amalga oshirish bo‘yicha harakat doirasida Rossiya kemalarining kirishi uchun mamlakatning barcha portlarini yopishga qaror qildi.

 

Taqiq 8 apreldan kuchga kiradi va Rossiya dengiz reyestriga kiritilgan kemalarga taalluqlidir. Bu chora Yevropa Ittifoqi sanksiyalarining beshinchi paketida ko‘zda tutilgan. Ammo endi bu taqiq boshqa davlatlar bayroqlari ostida suzib yuruvchi Rossiya kemalarini ham qamrab oladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"