Jahon

Yevroittifoq Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalarga tayyorlanmoqda

11-paket Pasxa bayramidan keyin muhokama qilinadi.

Yevroittifoq Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalarga tayyorlanmoqda

 

Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi sanksiyalarning o‘n birinchi paketini Pasxa bayramidan keyin darhol muhokama qilishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Yevropa Ittifoqining uchta diplomatiga tayanib, Politico nashri xabar berdi.

 

"Bryussel Ukrainaga shafqatsizlarcha bostirib kirishi sababli Rossiyaga qarshi sanksiyalarning o‘n birinchi paketi bo‘yicha Yevrokomissiya va YI elchilari o‘rtasida yangi muzokaralar raundini rejalashtirmoqda. Muzokaralar Pasxadan so‘ng darhol kutilmoqda", — deya taʼkidlaydi nashr.

 

Hozirgacha Yevropa Ittifoqi Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi sababli unga qarshi 10 ta sanksiya paketini joriy qilgan. Oxirgi sanksiyalar paketi 25 fevral kuni G‘arb davlatlari tomonidan kelishib olingan edi. 96 ta tashkilotga nisbatan cheklovlar joriy etildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"