Jahon

Iftorlikda qanday taomlanish tavsiya etiladi?

Bu bo‘yicha JSST tavsiyalari eʼlon qilindi.

Iftorlikda qanday taomlanish tavsiya etiladi?

 

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan Ramazon oyida sog‘lom ovqatlanish bo‘yicha eʼlon qilingan tavsiyalardan iftorlik dasturxoniga doir maslahatlar ham o‘rin olgan.

 

Xususan, iftorlik chog‘ida sog‘lom va meʼyorida ovqatlanib, quvvatni to‘ldirib olish muhim. Ro‘zani uchta xurmo yoki suv bilan ochish iftorlikni boshlashning anʼanaviy va sog‘lom yo‘lidir. Xurmo odam tanasidagi ko‘plab aʼzolarning to‘g‘ri faoliyat ko‘rsatishini taʼminlaydigan kletchatkaga boy ozuqa.

 

AQSHdagi Cornell University mutaxassislarining yozishicha, ovqatlanishdan oldin suv ichish tanani suyuqlik bilan oziqlantirishning eng yaxshi yo‘lidir. Lekin ro‘zani ochiboq birdaniga ko‘p suv ichib yubormaslik lozim. Bu salomatlik uchun xavfli hisoblangan suv intoksikatsiyasiga olib kelishi mumkin.

 

Organizmni muhim vitaminlar va ozuqa moddalari bilan taʼminlash uchun iftorlik taomnomasiga ko‘plab sabzavotlarni qo‘shgan afzal. Shuningdek, organizmni quvvat va kletchatka bilan taʼminlaydigan donli (yanchilmagan va tozalanmagan) mahsulotlarni isteʼmol qilish maqsadga muvofiq.

 

Pechda yoki grilda pishirilgan yog‘siz go‘sht, terisiz tovuq va baliq tanovul qilish orqali organizmingizni sog‘lom oqsillar bilan boyitishingiz mumkin. Umuman olganda, yog‘ va shakarga boy, qovurilgan hamda qayta ishlangan mahsulotlardan tiyilish kerak.

 

Iftorlikdan so‘ng ko‘p shirinlik yeyish tavsiya etilmaydi. Buning o‘rniga, suvga boy mavsumiy mevalar, jumladan, olma isteʼmol qilish foydali.

 

Iftorlik uchun JSST tavsiyalari:

 

—uyda pishirilgan sabzavotli sho‘rva;

—sabzavot va ko‘katlardan tayyorlangan salat;

—qiyma qo‘shilgan sabzavotli taomlar (qovoq, baqlajon, tok bargiga o‘ralgan do‘lma);

—pechda pishirilgan tovuq.

 

Ko‘p miqdorda suv ichish, taʼmni yaxshilash uchun taomga limon bo‘laklari va yalpiz qo‘shish mumkin.

 

 

custom img

Sadir Japarov aholi punktlariga shaxslar nomini berishni taqiqladi

Qirgʻiziston prezidentining ta’kidlashicha, bunday masalalar jamiyatda bo‘linish va bahslarga sabab bo‘lmoqda.

custom img

Hormuz bo‘g‘ozidagi tanglik global oziq-ovqat inqiroziga olib kelishi mumkin — BMT

Bo‘g‘oz orqali yuk tashish tiklanmasa, yaqin oylar ichida oziq-ovqat narxlari keskin ko‘tarilishi mumkin.

custom img

O‘zbekiston fuqarolariag Germaniyadagi harbiy muzeyga kirish ta'qiqlandi

Shuningdek, Rossiya, Ukraina, Qozogʻiston, Ozarbayjon, Xitoy, Shimoliy Koreya va boshqa bir qator davlatlarga ham cheklov joriy etilgan.

custom img

Makron AQSh va Eronni Hormuz bo‘g‘ozini ochishga chaqirdi

Fransiya prezidenti shuningdek, Donald Tramp va Mas'ud Pezeshkianni Islomobodda to'xtatilgan muzokaralarni qayta boshlashga undadi.

custom img

AQSh va Eron yaqin kunlarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarni tiklashi mumkin — Reuters

Manbalarga ko‘ra, Tehron muzokaralarning yangi bosqichiga tayyor, AQSh pozitsiyasi esa hali noma’lum.

custom img

Saudiya Arabistoni AQShdan Hormuz blokadasini bekor qilishni talab qildi

Saudiya rasmiylari vaziyat keskinlashganida Bab al-Mandeb bo‘g‘ozi ham xavf ostida qolishi mumkinligini bildirdi.

custom img

Xitoy tankeri AQSh blokadasiga qaramay Hormuz bo‘g‘ozidan o‘tdi

Xitoy AQSHni Eron neftini olish uchun Hormuz bo‘g‘oziga o‘z tankerlarini yuborishda davom etishi haqida ogohlantirgan edi.

custom img

Eron arab davlatlaridan tovon puli talab qildi

Yaqin Sharq mamlakatlari AQSH va Isroilning Eronga qarshi urushida ishtirok etib, xalqaro huquqni buzganlikda ayblanmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"