43 nafar o‘quvchi atirdan zaharlangani aytildi
6-sinf o‘quvchisi o‘zi bilan maktabga atir olib kelgan va uni sinfxonada sepgan.

Qirg‘iziston Respublikasi O‘sh viloyatida 6-sinf o‘quvchisi o‘zi bilan maktabga atir olib kelgan va uni sinfxonada sepgan. Bundan o‘quvchilar o‘zini yomon his qila boshlagan. Shundan so‘ng ular zudlik bilan shifoxonaga yotqizilgan.
Ularga nomaʼlum moddadan zaharlanish tashxisi qo‘yilgan.
Shifokorlar 18 nafar o‘quvchi kuzatuv ostida qolishlari kerak degan qarorga kelishgan. Ular kasalxonaga yotqizilgan. Bolalarning ahvoli qoniqarli ekani aytildi.
Keyinchalik esa 14 nafar maktab o‘quvchisiga kasalxonadan chiqishga ruxsat berildi, qolgan to‘rt nafari esa hozircha shifokorlar nazoratida qoladi.







