Jahon

Zelenskiy: AQSH yordami to‘xtasa, Ukraina mag‘lub bo‘ladi

Ukraina prezidenti Baxmut uchun jangning ahamiyatini tushuntirdi.

Zelenskiy: AQSH yordami to‘xtasa, Ukraina mag‘lub bo‘ladi

 

Agar Ukraina Baxmutda g‘alaba qozonmasa, Rossiya mamlakatdan o‘zi uchun qulay kompromisslarni talab qilishi mumkin. Bu haqda Vladimir Zelenskiy Associated Press nashriga bergan intervyusida maʼlum qildi.

 

“Baxmut qulasa,Putin bu g‘alabani G‘arbga, o‘z jamiyatiga, Xitoy, Eronga sotadi. Shundan keyin Kiyevga bosim boshlanadi. Bizning jamiyat charchoqni his qiladi. Shundan keyin u meni kelishuvga undaydi”, – degan Ukraina rahbari.

 

Zelenskiyning fikricha, agar AQSH ukrainaliklarga harbiy yordamni to‘xtatib qo‘ysa, Kiyev g‘alaba qozona olmaydi. U Vashingtondagi siyosiy o‘zgarishlar urushga taʼsir etishidan xavotirda.

 

Bundan tashqari, siyosatchi XXR rahbari Si Szinpinni Ukrainaga taklif qilgan. U Xitoy yetakchisi bilan urush davrida umuman muloqot qilmaganini eslatgan.

 

 

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"