Jahon

Saudiyada umrachilarni olib ketayotgan avtobus yonib ketdi

Baxtsiz hodisa oqibatida 20 kishi halok bo‘ldi.

Saudiyada umrachilarni olib ketayotgan avtobus yonib ketdi

 

Saudiya Arabistonida Umra ziyoratchilari olib ketayotgan avtobus ishtirokidagi YTH sodir bo‘ldi. Hodisa oqibatida ko‘plab fuqarolar yaralangan, 20 kishi halok bo‘lgan.

 

Saudiya Arabistoni ommaviy axborot vositalarida tarqalgan xabarga ko‘ra, tormozi bo‘shatilgan yo‘lovchi avtobusi mamlakat janubi-g‘arbiy qismidagi Abha va Muhayil Asir shaharlari o‘rtasidagi ko‘prikka borib urilgan.

 

Yaman matbuotiga ko‘ra, halokatga uchragan avtobusda yamanlik umra ziyoratchilari bo‘lgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"