Jahon

Germaniya xatoga yo‘l qo‘ydi–Mateush Moraveski

Polsha bosh vaziri Germaniya Ukrainani yetarli darajada qo‘llab-quvvatlay olmayotganini aytdi.

Germaniya xatoga yo‘l qo‘ydi–Mateush Moraveski

 

Polsha bosh vaziri Mateush Moraveski Yevropa Ittifoqi yetakchilarining Bryusseldagi sammitidan so‘ng Germaniya Ukrainani yetarli darajada qo‘llab-quvvatlay olmayotganini aytdi.

 

“Ular kerak bo‘lgan darajada saxiy emas”, – deya qo‘shimcha qilgan u.

 

Janob Moraveski Berlin o‘z siyosatida o‘zgarishlar qilgani, jumladan, qurolli kuchlarini modernizatsiya qilishga katta sarmoya kiritgani va urush hududiga qurol jo‘natish taqiqini bekor qilganini tan oldi. Shuningdek, u Germaniyaning Ukrainaga «Leopard» jangovar tanklarini yuborish qarorini ham qayd etdi.

 

Polsha bosh vaziri Germaniyaning o‘tmishdagi energetika siyosati haqida ham gapirdi.

 

“Germaniya qazib olinadigan yoqilg‘i bo‘yicha biznes modeli uchun butunlay Rossiyaga bog‘liq bo‘lib, dramatik xatoga yo‘l qo‘ydi”, – dedi Moraveski.

 

Bundan tashqari, Mateush bir nechta takliflarni bildirdi. Uning fikricha, NATO davlatlari o‘z xarajatlarini yalpi ichki mahsulotning 3 foizigacha keskin oshirishi, Yevropa Ittifoqi mudofaa maqsadlari uchun yangi qarzlarni jalb qilish imkoniyatlarini o‘rganishi, shuningdek, muzlatilgan Rossiya aktivlarini tezda harbiy amaliyotlarga yo‘naltirishi kerak.

 

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"