Jahon

Fumio Kisida bugun Kiyevga boradi

Yaponiya bosh vaziri “Katta yettilik” yetakchilari orasida Ukrainaga kelmagan yagona davlat rahbari bo‘lib kelayotgandi.

Fumio Kisida bugun Kiyevga boradi

 

Yaponiya bosh vaziri Kiyevga boradi. Bu haqda NHK telekanali xabar berdi.

 

Unga ko‘ra, tashrif bugun amalga oshiriladi. Safari davomida Fumio Kisida Vladimir Zelenskiy bilan uchrashadi. Bu bosh vazirning Hindiston safaridan keyin amalga oshirilishi aytilgan.

 

Kisida “Katta yettilik” yetakchilari orasida Kiyevga kelmagan yagona davlat rahbari bo‘lib kelayotgandi.

 

Yaponiya hozirda G7‘ga rahbarlik qilmoqda. May oyida tashkilotga aʼzo davlat yetakchilari Xirosimada yig‘iladi. Unga Vladimir Zelenskiy ham taklif etilishi mumkin.

 

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"