Jahon

Afg‘onistonda nasha yetishtirish taqiqlandi

“Tolibon” rahbari bu bo‘yicha farmon imzoladi.

Afg‘onistonda nasha yetishtirish taqiqlandi

 

Afg‘oniston bo‘ylab nasha (marixuana) yetishtirish taqiqlandi. Bu bo‘yicha “Tolibon” oliy rahbari Hibatulloh Oxundzoda farmon imzoladi.

 

Farmonga ko‘ra, qonunbuzarlar sud tomonidan shariat qonunlariga ko‘ra jazolanadi.

 

Mazkur hujjat tasdiqlangan kundan boshlab kuchga kiradi va rasmiy gazetada eʼlon qilinadi.

 

Maʼlumot uchun: Afg‘oniston dunyodagi eng yirik afyun va nasha ishlab chiqaruvchilardan biri hisoblanadi. Mamlakatda nasha ishlab chiqarish hajmi to‘g‘risida aniq maʼlumotlar yo‘q. 2022 yil dekabr oyida Afg‘onistonda mamlakat bo‘ylab ko‘knori yetishtirish taqiqlangandi.

 

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"