Jahon

Qozog‘iston Yevropaga neft va gaz yetkazib berishi mumkin

Buyuk Britaniya Ostonaga bu borada yordam taklif qildi.

Qozog‘iston Yevropaga neft va gaz yetkazib berishi mumkin

 

Buyuk Britaniya Qozog‘iston hukumatiga neft va gazni eksport qilish yo‘llarini topishda yordam berishdan manfaatdor. Bu haqda Ostonada rasmiy tashrif bilan bo‘lgan Birlashgan Qirollik tashqi ishlar vaziri Jeyms Kleverli maʼlum qildi.

 

Diplomatning so‘zlariga ko‘ra, u mamlakat neftini Yevropa bozoriga yetkazib berishning muqobil yo‘llarini qozog‘istonlik hamkasbi  bilan muhokama qildi.

 

Kleverli Britaniya hukumati Qozog‘iston iqtisodiy bazasini himoya qilish va diversifikatsiya qilishga yordam berish ustida ish olib borishini bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"