Jahon

Ozarbayjon Rossiyadan bo‘shagan o‘rinni egallamoqda

Ilhom Aliyev YEIga gaz bilan birga “yashil energiya” ham sotmoqchi.

Ozarbayjon Rossiyadan bo‘shagan o‘rinni egallamoqda

 

"Ozarbayjon Yevropaga nafaqat gaz, balki “yashil” energiya ham eksport qiladi", — dedi prezident Ilhom Aliyev Berlinda Germaniya kansleri Olaf Shols bilan uchrashuvda.

 

Ozarbayjon o‘zini Germaniya va Yevropaga gaz hamda qayta tiklanadigan energiya manbalari yetkazib beruvchisi sifatida taklif etmoqda.

 

Aliyevning so‘zlariga ko‘ra, Yevropaga yetkazib beriladigan gaz hajmi 2027 yilga borib 20 milliard kub metrga ko‘tariladi, Hozirda bu 12 milliard kub metr.

 

“Bundan tashqari, Ozarbayjon qayta tiklanadigan energiya manbalarining juda katta salohiyatiga ega. Faqat Kaspiy dengizining shamol energiyasi salohiyati 157 gigavattni tashkil etadi”, — dedi Prezident.

 

Olaf Shols, o‘z navbatida, Ozarbayjon bilan energetika sohasida yana-da faol hamkorlik qilishga chaqirdi.

 

“Mamlakat Germaniya va Yevropa energiya taʼminotini diversifikatsiya qilishga muhim hissa qo‘shish imkoniyatiga ega”, — dedi kansler.

 

Rossiyaning Ukrainaga harbiy bosqinidan so‘ng Yevropaning kamida o‘nta davlati Ozarbayjondan gaz yetkazib berishga qiziqish bildirgan. Hozirgacha asosiy xaridorlar Turkiya, Gruziya, Italiya va Gretsiya bo‘lgan. Tez orada gaz Ruminiya, Albaniya va Vengriyaga ham yetkazib berilishi kutilmoqda.

 

“Albatta, uzoq muddatli shartnomalar imzolanishi kerak”, — deya qo‘shimcha qildi Aliyev.

custom img

Sadir Japarov aholi punktlariga shaxslar nomini berishni taqiqladi

Qirgʻiziston prezidentining ta’kidlashicha, bunday masalalar jamiyatda bo‘linish va bahslarga sabab bo‘lmoqda.

custom img

Hormuz bo‘g‘ozidagi tanglik global oziq-ovqat inqiroziga olib kelishi mumkin — BMT

Bo‘g‘oz orqali yuk tashish tiklanmasa, yaqin oylar ichida oziq-ovqat narxlari keskin ko‘tarilishi mumkin.

custom img

O‘zbekiston fuqarolariag Germaniyadagi harbiy muzeyga kirish ta'qiqlandi

Shuningdek, Rossiya, Ukraina, Qozogʻiston, Ozarbayjon, Xitoy, Shimoliy Koreya va boshqa bir qator davlatlarga ham cheklov joriy etilgan.

custom img

Makron AQSh va Eronni Hormuz bo‘g‘ozini ochishga chaqirdi

Fransiya prezidenti shuningdek, Donald Tramp va Mas'ud Pezeshkianni Islomobodda to'xtatilgan muzokaralarni qayta boshlashga undadi.

custom img

AQSh va Eron yaqin kunlarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarni tiklashi mumkin — Reuters

Manbalarga ko‘ra, Tehron muzokaralarning yangi bosqichiga tayyor, AQSh pozitsiyasi esa hali noma’lum.

custom img

Saudiya Arabistoni AQShdan Hormuz blokadasini bekor qilishni talab qildi

Saudiya rasmiylari vaziyat keskinlashganida Bab al-Mandeb bo‘g‘ozi ham xavf ostida qolishi mumkinligini bildirdi.

custom img

Xitoy tankeri AQSh blokadasiga qaramay Hormuz bo‘g‘ozidan o‘tdi

Xitoy AQSHni Eron neftini olish uchun Hormuz bo‘g‘oziga o‘z tankerlarini yuborishda davom etishi haqida ogohlantirgan edi.

custom img

Eron arab davlatlaridan tovon puli talab qildi

Yaqin Sharq mamlakatlari AQSH va Isroilning Eronga qarshi urushida ishtirok etib, xalqaro huquqni buzganlikda ayblanmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"