Jahon

Bayden va Sunak Ukrainaga yordam masalasini muhokama qilishdi

AQSH va Britaniya yetakchilari, shuningdek, Osiyo-Tinch okeani mintaqasidagi vaziyatni ham ko‘rib chiqishgan.

Bayden va Sunak Ukrainaga yordam masalasini muhokama qilishdi

 

AQSH prezidenti Jozef Bayden va Buyuk Britaniya bosh vaziri Rishi Sunak San-Diyegodagi ikki tomonlama uchrashuvda Ukrainani qo‘llab-quvvatlashni davom ettirish va boshqa masalalarni muhokama qilishdi. Bu haqda Oq uy matbuot xizmati xabar berdi.

 

"Davlat rahbarlari bir qator global muammolar, jumladan XXR tomonidan yuzaga kelayotgan muammolar, shuningdek, Hind-Tinch okeani mintaqasida tinchlik va barqarorlikni saqlash bo‘yicha umumiy majburiyatlar bo‘yicha fikr almashdilar. Shuningdek, ular Ukrainani sobitqadam qo‘llab-quvvatlashni taʼkidladilar", — deyiladi xabarda.

 

Bayden va Sunak Kiyevga harbiy, iqtisodiy va gumanitar yordam ko‘rsatishni davom ettirish muhimligini taʼkidlashdi. Siyosatchilar, shuningdek, Rossiyaning urush olib borish qobiliyatiga qarshi kurashish uchun yangi iqtisodiy choralarni birgalikda qabul qilishga kelishib oldilar.

custom img

Sadir Japarov aholi punktlariga shaxslar nomini berishni taqiqladi

Qirgʻiziston prezidentining ta’kidlashicha, bunday masalalar jamiyatda bo‘linish va bahslarga sabab bo‘lmoqda.

custom img

Hormuz bo‘g‘ozidagi tanglik global oziq-ovqat inqiroziga olib kelishi mumkin — BMT

Bo‘g‘oz orqali yuk tashish tiklanmasa, yaqin oylar ichida oziq-ovqat narxlari keskin ko‘tarilishi mumkin.

custom img

O‘zbekiston fuqarolariag Germaniyadagi harbiy muzeyga kirish ta'qiqlandi

Shuningdek, Rossiya, Ukraina, Qozogʻiston, Ozarbayjon, Xitoy, Shimoliy Koreya va boshqa bir qator davlatlarga ham cheklov joriy etilgan.

custom img

Makron AQSh va Eronni Hormuz bo‘g‘ozini ochishga chaqirdi

Fransiya prezidenti shuningdek, Donald Tramp va Mas'ud Pezeshkianni Islomobodda to'xtatilgan muzokaralarni qayta boshlashga undadi.

custom img

AQSh va Eron yaqin kunlarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarni tiklashi mumkin — Reuters

Manbalarga ko‘ra, Tehron muzokaralarning yangi bosqichiga tayyor, AQSh pozitsiyasi esa hali noma’lum.

custom img

Saudiya Arabistoni AQShdan Hormuz blokadasini bekor qilishni talab qildi

Saudiya rasmiylari vaziyat keskinlashganida Bab al-Mandeb bo‘g‘ozi ham xavf ostida qolishi mumkinligini bildirdi.

custom img

Xitoy tankeri AQSh blokadasiga qaramay Hormuz bo‘g‘ozidan o‘tdi

Xitoy AQSHni Eron neftini olish uchun Hormuz bo‘g‘oziga o‘z tankerlarini yuborishda davom etishi haqida ogohlantirgan edi.

custom img

Eron arab davlatlaridan tovon puli talab qildi

Yaqin Sharq mamlakatlari AQSH va Isroilning Eronga qarshi urushida ishtirok etib, xalqaro huquqni buzganlikda ayblanmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"