Jahon

Lukashenkoning Eronga tashrifi qanday bo‘ldi?

Tehron va Minsk ko‘plab sohalarda hamkorlik qilmoqchi.

Lukashenkoning Eronga tashrifi qanday bo‘ldi?

 

Belarus va Eron 2023–2026 yillarga mo‘ljallangan keng qamrovli hamkorlik bitimini tuzdi. Hujjatni Eron prezidenti Ibrohim Raisiy va Belarus rahbari Aleksandr Lukashenko imzoladi.

 

Kelishuv iqtisodiy-siyosiy, ilmiy-texnikaviy hamkorlikni, shuningdek, taʼlim, madaniyat, sanʼat, OAV va turizm sohalarini qamrab oladi. Shuningdek, ikki davlat o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 30 yilligi munosabati bilan hukumatlararo karantin va o‘simliklarni muhofaza qilish sohasidagi kelishuvlar, ozodlikdan mahrum qilingan shaxslarni jazoni o‘tash muddatini davom ettirishi uchun topshirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi imzolangan

 

Bundan tashqari, avtomobil sohasidagi bitimga o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha protokol tuzilgan.  Ikki davlat madaniyat vazirliklari, Davlat standarti va Eron standartlashtirish milliy tashkiloti, savdo sohasida iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha Belarus-Eron komissiyasi hamraislari o‘rtasida memorandumlar imzolangan.

 

Eslatib o‘tamiz, 1 mart kuni Lukashenko Xitoyga tashrif buyurgan va u yerda Xitoy rahbari Si Szinpin bilan uchrashgandi. Belarus rahbari Xitoyning “tinchlik rejasini” to‘liq qo‘llab-quvvatlashini aytgan.

 

custom img

Sadir Japarov aholi punktlariga shaxslar nomini berishni taqiqladi

Qirgʻiziston prezidentining ta’kidlashicha, bunday masalalar jamiyatda bo‘linish va bahslarga sabab bo‘lmoqda.

custom img

Hormuz bo‘g‘ozidagi tanglik global oziq-ovqat inqiroziga olib kelishi mumkin — BMT

Bo‘g‘oz orqali yuk tashish tiklanmasa, yaqin oylar ichida oziq-ovqat narxlari keskin ko‘tarilishi mumkin.

custom img

O‘zbekiston fuqarolariag Germaniyadagi harbiy muzeyga kirish ta'qiqlandi

Shuningdek, Rossiya, Ukraina, Qozogʻiston, Ozarbayjon, Xitoy, Shimoliy Koreya va boshqa bir qator davlatlarga ham cheklov joriy etilgan.

custom img

Makron AQSh va Eronni Hormuz bo‘g‘ozini ochishga chaqirdi

Fransiya prezidenti shuningdek, Donald Tramp va Mas'ud Pezeshkianni Islomobodda to'xtatilgan muzokaralarni qayta boshlashga undadi.

custom img

AQSh va Eron yaqin kunlarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarni tiklashi mumkin — Reuters

Manbalarga ko‘ra, Tehron muzokaralarning yangi bosqichiga tayyor, AQSh pozitsiyasi esa hali noma’lum.

custom img

Saudiya Arabistoni AQShdan Hormuz blokadasini bekor qilishni talab qildi

Saudiya rasmiylari vaziyat keskinlashganida Bab al-Mandeb bo‘g‘ozi ham xavf ostida qolishi mumkinligini bildirdi.

custom img

Xitoy tankeri AQSh blokadasiga qaramay Hormuz bo‘g‘ozidan o‘tdi

Xitoy AQSHni Eron neftini olish uchun Hormuz bo‘g‘oziga o‘z tankerlarini yuborishda davom etishi haqida ogohlantirgan edi.

custom img

Eron arab davlatlaridan tovon puli talab qildi

Yaqin Sharq mamlakatlari AQSH va Isroilning Eronga qarshi urushida ishtirok etib, xalqaro huquqni buzganlikda ayblanmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"