Jahon

Budapeshtda 42 ta mashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

Avtohalokat oqibatida 19 ta avtomobil yonib ketgan.

Budapeshtda 42 ta mashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

 

Vengriya poytaxti Budapeshtdan 20 km g‘arbda M1 trassasida yirik avtohalokat sodir bo‘ldi. 42 ta yengil avtomobil to‘qnashib ketdi, ulardan 5 tasi yuk, 37 tasi yengil avtomobil. Bu haqda ТАSS xabar berdi.

 

Poytaxt politsiyasi bosh boshqarmasi xabar berishicha, 19 ta avtomobil yonib ketgan, 40 ga yaqin kishi jarohatlangan.

 

«39 kishi kasalxonaga yetkazildi. Ulardan 29 nafari kattalar, 10 nafari bolalardir. Kattalardan 10 kishi og‘ir jarohat, 19 nafari yengil tan jarohatini olgan. 4 nafar bola og‘ir, 6 nafar bola yengil tan jarohati oldi», — dedi Milliy tez yordam xizmati matbuot kotibi Pavel Dyorfi.

 

Uning so‘zlariga ko‘ra, jabrlanganlarni evakuatsiya qilish uchun 4 ta vertolyot va 16 ta tez tibbiy yordam mashinasi jalb qilingan.

 

Tez yordam brigadalari nafaqat Budapeshtdan, balki Dyora, Tatabani va Sekeshfexervara kabi boshqa shaharlardan ham kelgan.

 

Politsiya kuchli shamol va qum bo‘roni yo‘lni ko‘rinmas holga keltirgani hodisaga sabab bo‘lganini aytmoqda.

 

M1 yo‘li – Avstriyaga olib boradigan avtomagistraldir. Endi u har ikki yo‘nalishda ham yopiq.

custom img

Sadir Japarov aholi punktlariga shaxslar nomini berishni taqiqladi

Qirgʻiziston prezidentining ta’kidlashicha, bunday masalalar jamiyatda bo‘linish va bahslarga sabab bo‘lmoqda.

custom img

Hormuz bo‘g‘ozidagi tanglik global oziq-ovqat inqiroziga olib kelishi mumkin — BMT

Bo‘g‘oz orqali yuk tashish tiklanmasa, yaqin oylar ichida oziq-ovqat narxlari keskin ko‘tarilishi mumkin.

custom img

O‘zbekiston fuqarolariag Germaniyadagi harbiy muzeyga kirish ta'qiqlandi

Shuningdek, Rossiya, Ukraina, Qozogʻiston, Ozarbayjon, Xitoy, Shimoliy Koreya va boshqa bir qator davlatlarga ham cheklov joriy etilgan.

custom img

Makron AQSh va Eronni Hormuz bo‘g‘ozini ochishga chaqirdi

Fransiya prezidenti shuningdek, Donald Tramp va Mas'ud Pezeshkianni Islomobodda to'xtatilgan muzokaralarni qayta boshlashga undadi.

custom img

AQSh va Eron yaqin kunlarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarni tiklashi mumkin — Reuters

Manbalarga ko‘ra, Tehron muzokaralarning yangi bosqichiga tayyor, AQSh pozitsiyasi esa hali noma’lum.

custom img

Saudiya Arabistoni AQShdan Hormuz blokadasini bekor qilishni talab qildi

Saudiya rasmiylari vaziyat keskinlashganida Bab al-Mandeb bo‘g‘ozi ham xavf ostida qolishi mumkinligini bildirdi.

custom img

Xitoy tankeri AQSh blokadasiga qaramay Hormuz bo‘g‘ozidan o‘tdi

Xitoy AQSHni Eron neftini olish uchun Hormuz bo‘g‘oziga o‘z tankerlarini yuborishda davom etishi haqida ogohlantirgan edi.

custom img

Eron arab davlatlaridan tovon puli talab qildi

Yaqin Sharq mamlakatlari AQSH va Isroilning Eronga qarshi urushida ishtirok etib, xalqaro huquqni buzganlikda ayblanmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"