Jahon

AQSh Eronga nisbatan yangi sanksiyalar joriy etdi

Vashington buni ayollar huquqlarining poymol qilinayotgani bilan izohladi.

AQSh Eronga nisbatan yangi sanksiyalar joriy etdi

 

AQSh Moliya vazirligi Eronning qator amaldorlari va tashkilotlariga ayollar huquqlarini poymol qilgani uchun sanksiyalar kiritdi

 

“Bugun Moliya vazirligining Xorijiy aktivlarni nazorat qilish boshqarmasi Eron rejimining bir qancha mansabdor shaxslari va tashkilotlariga, jumladan, ayollar va ayollarga nisbatan inson huquqlarini jiddiy poymol qilganliklari uchun mas’ul bo‘lgan Eron qamoqxona tizimining ikki yuqori martabali a’zosiga qarshi sanksiyalar joriy qildi", — deyiladi bo'lim bayonotida.

 

Bundan tashqari, huquq-tartibot organlarining “tinch namoyishchilarni, jumladan, ko‘plab ayollar va qizlarni shafqatsizlarcha bostirishiga” ko‘maklashgani uchun Eronning uchta kompaniyasi hamda ularning rahbarlariga sanksiya qo‘yilgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"