Jahon

Ukraina mojarosi yaqin orada tugamaydi— Shols

Germaniya kansleri mamlakatda qurol ishlab chiqarishni doimiy asosda yo‘lga qo‘yishni taklif qildi.

Ukraina mojarosi yaqin orada tugamaydi— Shols

 

Ukraina nizosi uzoq davom etadi. Bu haqda Germaniya kansleri Olaf Shols maʼlum qildi. 

 

“Bu yana uzoq vaqt davom etishidan xavotirdamiz. Shu bilan birga, har kuni buning aksi bo‘lishini istaymiz”, — degan u.

 

Kanslerning taʼkidlashicha, mojaro ortidan Germaniyada qurol va o‘q-dori ishlab chiqarishni doimiy asosda yo‘lga qo‘yish kerak.

 

Ukraina nizosi boshlangach, Berlin o‘z harbiy siyosatini qayta ko‘rib chiqishni boshladi. Germaniya bir tomondan Kiyevga harbiy yordam ko‘rsatayotgan bo‘lsa, boshqa tomondan o‘z qurolli kuchlarini modernizatsiya qilishni kuchaytirdi. Shu maqsadda 100 miliard yevrolik maxsus fond tuzilgan.

 

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"