Jahon

25 yillik uy ishlari uchun 200 ming yevro

Ispaniyalik ayol turmush o‘rtog‘idan uy ishlari uchun pul undirdi.

25 yillik uy ishlari uchun 200 ming yevro

 

Ispaniyalik ayol sobiq turmush o‘rtog‘idan 25 yillik uy ishlari uchun haq undirdi.

 

Xabar qilinishicha, Ispaniya sudi erkakka sobiq rafiqasining uy ishlarini bajargani uchun unga 200 000 yevro to‘lash majburiyatini qo‘ygan.

 

Juftlikning ikki qiz bo‘lgan. Sud qarorida ko‘rsatilishicha, ayol umrini oilasi va uy ishlariga bag‘ishlagan. Ularning nikohi mol-mulk bo‘linishiga asoslangan, yaʼni er va xotin o‘zi ishlab topgan buyumga alohida egalik qiladi.

 

Natijada ayol ajrimdan so‘ng hech vaqosiz qolgan. Shundan so‘ng 48 yoshli Ivana Moral sudga murojaat qilib, 25 yil davomida haq to‘lanmay bajargan ishlari badalini talab qilgan. Minimal oylik olgan taqdirda ham u shuncha vaqt ichida 204 624 yevro ishlab topishi mumkin edi.

 

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"