Jahon

Zelenskiy urushning eng og'ir nuqtasini aytdi

Shu bilan birga Ukraina yetakchisi harbiylar matonatiga hurmat bajo keltirdi.

Zelenskiy urushning eng og'ir nuqtasini aytdi

 

Ukraina Prezidenti Zelenskiy nutqida Donbass uchun olib borilgan janglar haqida fikr bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, mintaqadagi harbiy harakatlar Ukraina harbiylari uchun eng og‘ir amaliyotlardan hisoblanadi

 

“Ayniqsa, Donbassda jang qilayotgan askarlarning jasorati, kuchi va chidamliligiga hurmat bajo keltirmoqchiman. Bu eng qiyin janglardan biridir. Og'riqli va qiyin”, — dedi Vladimir Zelenskiy Telegram kanaliga joylangan videoda.

 

2022-yilning yozidan buyon mintaqada, jumladan, Baxmut shahri uchun ham shiddatli janglar davom etmoqda. 6-mart kuni Ukraina Qurolli kuchlari qo‘mondonligi shahar mudofaasini davom ettirish tarafdori ekanini ma'lum qildi.

 

Shu kuni “Vagner” xususiy harbiy kompaniyasi asoschisi Yevgeniy Prigojin Baxmut hududida Ukraina Qurolli Kuchlari harakatlarini kuchaytirganini e'lon qildi. Unga ko‘ra, Konstantinovka, Seversk, Slavyansk va Chasov Yarda Ukraina qo‘shinlari guruhlari tuzilgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"