Jahon

Turkiya muxolifati prezidentlikka nomzodini ko‘rsatdi

Erdog‘an 10 mart kuni saylovga tayyorgarlik bo‘yicha farmonni imzolashini maʼlum qildi.

Turkiya muxolifati prezidentlikka nomzodini ko‘rsatdi

 

Olti partiyadan iborat «Xalq ittifoqi» bahorgi saylovlarda Kemal Qilichdoro‘g‘lini davlat rahbari lavozimiga yagona nomzod sifatida ko‘rsatdi. Bu haqda euronews xabar qildi.

 

Qiyin kechgan munozaralarda «Yaxshi partiya» rahbari Meral Akshener uning nomzodiga rozi bo‘lmagan. U ko‘proq mashhur deb hisoblagan Istanbul hokimi Ekrem Imomo‘g‘li yoki Anqara hokimi Mansur Yavashni nomzod etib ko‘rsatishni taklif qilgan.

 

74 yoshli Kemal Qilichdoro‘g‘li Turkiyaning birinchi prezidenti Mustafo Kamol Otaturk tomonidan asos solingan Respublika Xalq partiyasi raisi.

 

Muxolifat, agar uning nomzodi saylovlarda g‘alaba qozonsa, mamlakatda parlament tizimini mustahkamlash uchun prezident vakolatlarining bir qismini cheklashni taklif qilmoqda.

 

Rajab Toyyib Erdog‘an 10 mart kuni saylovga tayyorgarlik bo‘yicha farmonni imzolashini maʼlum qildi. Farmon eʼlon qilinganidan keyin 60 kunlik saylovoldi davri boshlanadi. Ovoz berish 14 may kuni bo‘lib o‘tadi.

 

Saylovoldi tashviqoti mamlakatda halokatli zilzila oqibatlarini bartaraf etish jarayoni fonida o‘tadi. Nomzodlarning saylovoldi bahslarida shu mavzu ustunlik qiladi.

 

Mahalliy tahlilchilarga ko‘ra, Erdog‘an va Qilichdoro‘g‘lining g‘alaba qozonish imkoniyatlari deyarli teng.

custom img

Sadir Japarov aholi punktlariga shaxslar nomini berishni taqiqladi

Qirgʻiziston prezidentining ta’kidlashicha, bunday masalalar jamiyatda bo‘linish va bahslarga sabab bo‘lmoqda.

custom img

Hormuz bo‘g‘ozidagi tanglik global oziq-ovqat inqiroziga olib kelishi mumkin — BMT

Bo‘g‘oz orqali yuk tashish tiklanmasa, yaqin oylar ichida oziq-ovqat narxlari keskin ko‘tarilishi mumkin.

custom img

O‘zbekiston fuqarolariag Germaniyadagi harbiy muzeyga kirish ta'qiqlandi

Shuningdek, Rossiya, Ukraina, Qozogʻiston, Ozarbayjon, Xitoy, Shimoliy Koreya va boshqa bir qator davlatlarga ham cheklov joriy etilgan.

custom img

Makron AQSh va Eronni Hormuz bo‘g‘ozini ochishga chaqirdi

Fransiya prezidenti shuningdek, Donald Tramp va Mas'ud Pezeshkianni Islomobodda to'xtatilgan muzokaralarni qayta boshlashga undadi.

custom img

AQSh va Eron yaqin kunlarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarni tiklashi mumkin — Reuters

Manbalarga ko‘ra, Tehron muzokaralarning yangi bosqichiga tayyor, AQSh pozitsiyasi esa hali noma’lum.

custom img

Saudiya Arabistoni AQShdan Hormuz blokadasini bekor qilishni talab qildi

Saudiya rasmiylari vaziyat keskinlashganida Bab al-Mandeb bo‘g‘ozi ham xavf ostida qolishi mumkinligini bildirdi.

custom img

Xitoy tankeri AQSh blokadasiga qaramay Hormuz bo‘g‘ozidan o‘tdi

Xitoy AQSHni Eron neftini olish uchun Hormuz bo‘g‘oziga o‘z tankerlarini yuborishda davom etishi haqida ogohlantirgan edi.

custom img

Eron arab davlatlaridan tovon puli talab qildi

Yaqin Sharq mamlakatlari AQSH va Isroilning Eronga qarshi urushida ishtirok etib, xalqaro huquqni buzganlikda ayblanmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"