Jahon

Putin Ramzan Qodirovning o‘g‘liga to‘yoldi maslahatlar berdi

Shuningdek, Checheniston yetakchisi o‘g‘li bilan bir kunda oila qurganlarga 100 ming rubldan pul berdi.

Putin Ramzan Qodirovning o‘g‘liga to‘yoldi maslahatlar berdi

 

Chechenistonda Ramzan Qodirovning 17 yoshli o‘g‘li uylanishi munosabati bilan 4 mart kuni oila qurgan 100 ta juftlikka 100 ming rubldan pul mukofoti berildi. Shuningdek, ularning to‘y xarajatlari ham qoplab berilgan.

 

Bundan tashqari, Checheniston rahbarining o‘g‘li RF prezidenti Vladimir Putin bilan ham uchrashgan. Qodirovning o‘zining so‘zlariga ko‘ra, “prezident yosh Ahmadga ko‘p maslahatlar bergan”. Uchrashuv yakunida esa uni yaqinlashib kelayotgan to‘y bilan tabriklagan.

 

“Afsuski, men bu qiziqarli uchrashuvning boshqa tafsilotlarini bilmayman, chunki anʼanalarimiz tufayli Ahmad bilan bu to‘g‘risida gaplashmadim”, – deb yozgan Qodirov.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"