Jahon

Tolibon taqiqiga uchragan afg‘on sportchi qizlari

O‘ldirish bilan qo‘rqitilgan yoxud hibsga olingan sportchi qizlar bugun qanday yashamoqda?

Tolibon taqiqiga uchragan afg‘on sportchi qizlari

 

Tolibon hokimiyat tepasiga kelgach, afg‘on ayollari uchun qorong‘i kunlar boshlandi deyish mumkin. Maktablar, universitetlar va aksariyat ish joylari ular uchun yopiq, ayollarga bog‘larda yurish va sport zallariga borish taqiqlangan, 70 kilometrdan ortiq masofani bosib o‘tishga faqat erkak qarindoshi hamrohligida ruxsat beriladi.

 

Ayniqsa, afg‘on sportchi ayollari og‘ir vaziyatda qolmoqda. Eronlik suratkash Ibrohim Noruziy ularning ayrimlari bilan uchrashib, hozir qanday yashayotganlari bilan qiziqdi. U suratga olishi uchun qizlar yuzlarini yopishgan. Bu ularga anonim bo‘lib qolish uchun ham kerak.

 

Kobullik Sima Rezay 18 yoshidan beri boks bilan shug‘ullanadi, lekin u buni har doim ota-onasidan yashirgan. Qizning aytishicha, uning oilasi juda konservativ, ular qizni tushunmaydi.

 

 

 

 

“Men ko‘p yillar davomida nima qilayotganimni yashirishga majbur bo‘ldim”, — deydi u.

 

Shunga qaramay, Sima boks bo‘yicha milliy terma jamoa aʼzosi bo‘lishga erishgan. Qiz yangi qoidalarga eʼtibor bermay, mashq qilishni davom ettirgan.

 

Bir necha kundan keyin u rasmiylardan yozma ogohlantirish olgan. Maktubda u oddiy tanlov oldida turganiga ishora qilingan: yo mamlakatni tark etishi, aks holda u o‘ldirilishi yozilgan. Sima Rizoi ketishga qaror qildi va Qatarga ko‘chib o‘tdi.

 

Tolibon taqiqlarni sportchi ayollar qoidalarga bo‘ysunishni istamagani, erkaklar bilan mashg‘ulotlarda davom etgani bilan izohlagan.  Afg‘oniston Milliy olimpiya qo‘mitasi vakiliga ko‘ra, mamlakat rasmiylari kelajakda ayollarga yana sport bilan shug‘ullanishga ruxsat berilishini istisno etmayapti. Ammo buning uchun Afg‘onistonda alohida sport inshootlari ochilishi kerak, unda faqat ayollar shug‘ullanadi va musobaqalashadi. Bu qachon amalga oshirilishi hozircha nomaʼlum.

 

Bu orada sport bilan shug‘ullanuvchi ayollar qo‘rquvda yashashga majbur. Ulardan baʼzilari Tolibon kelganidan keyin o‘zlarining sovrinlari, formalari va sport anjomlaridan xalos bo‘lganliklarini tan olishadi. Chunki oldingi yutuqlar ham jiddiy muammolarni keltirib chiqarishi mumkin.

 

20 yoshli aralash yakkakurash ustasi Tolibon Kobulni egallab olgan kun haqida gapirib berdi: Kobul sport markazida u ishtirok etgan musobaqalar bo‘lib o‘tadi va to‘satdan tomoshabinlar orasida Tolibon jangarilari shahar chekkasiga bostirib kirishdi, degan mish-mish tarqaladi. Shundan so‘ng tadbir to‘xtatiladi, ishtirokchilar va tomoshabinlar uylariga tarqalishadi.

 

Bu uning so‘nggi musobaqasi edi, lekin qiz jang sanʼati bilan shug‘ullanishni to‘xtatmadi. Oxir-oqibat Tolibon bundan xabar topdi. Askarlar mashg‘ulot vaqtida sport zaliga kelib, hammani hibsga oldi.

 

Oqsoqollar aralashuvidan so‘ng, agar ular sportdan butunlay voz kechishga vaʼda berishsa, ozodlikka chiqishga kelishib oldilar. Endi qiz faqat uyda mashq qiladi va jang sanʼatini faqat ishonchli do‘stlari va tanishlariga o‘rgatadi.

 

“Men uchun hayot juda og‘irlashdi, lekin men kurashchiman, yashashda va kurashishda davom etaman”, — deydi u.

 

Tolibon hokimiyat tepasiga kelgach, sportchi qizlarning aksariyati Afg‘onistondan qochib ketishgan. Ammo hamma ham bunga muvaffaq bo‘lmagan.

 

Afg‘oniston viloyatlaridan birining jamoasi aʼzosi bo‘lgan velosipedchi qiz ham ulardan biri hisoblanadi.

 

 

 

 

“Men hamma narsani yo‘qotdim. Tolibon xalqaro musobaqalarda qatnashish orzumni puchga chiqardi. Hokimiyat o‘zgarishidan oldin ham ko‘pchilik qizlarning velosipedda yurishi mumkinligini qabul qila olmasdi. Men bir necha yillardan beri qarindoshlarimdan ruxsat so‘radim, endi esa velosiped minishim uchun mamlakatdan chiqib ketishning har qanday yo‘llarini izlayapman”, — deydi u.

 

custom img

Sadir Japarov aholi punktlariga shaxslar nomini berishni taqiqladi

Qirgʻiziston prezidentining ta’kidlashicha, bunday masalalar jamiyatda bo‘linish va bahslarga sabab bo‘lmoqda.

custom img

Hormuz bo‘g‘ozidagi tanglik global oziq-ovqat inqiroziga olib kelishi mumkin — BMT

Bo‘g‘oz orqali yuk tashish tiklanmasa, yaqin oylar ichida oziq-ovqat narxlari keskin ko‘tarilishi mumkin.

custom img

O‘zbekiston fuqarolariag Germaniyadagi harbiy muzeyga kirish ta'qiqlandi

Shuningdek, Rossiya, Ukraina, Qozogʻiston, Ozarbayjon, Xitoy, Shimoliy Koreya va boshqa bir qator davlatlarga ham cheklov joriy etilgan.

custom img

Makron AQSh va Eronni Hormuz bo‘g‘ozini ochishga chaqirdi

Fransiya prezidenti shuningdek, Donald Tramp va Mas'ud Pezeshkianni Islomobodda to'xtatilgan muzokaralarni qayta boshlashga undadi.

custom img

AQSh va Eron yaqin kunlarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarni tiklashi mumkin — Reuters

Manbalarga ko‘ra, Tehron muzokaralarning yangi bosqichiga tayyor, AQSh pozitsiyasi esa hali noma’lum.

custom img

Saudiya Arabistoni AQShdan Hormuz blokadasini bekor qilishni talab qildi

Saudiya rasmiylari vaziyat keskinlashganida Bab al-Mandeb bo‘g‘ozi ham xavf ostida qolishi mumkinligini bildirdi.

custom img

Xitoy tankeri AQSh blokadasiga qaramay Hormuz bo‘g‘ozidan o‘tdi

Xitoy AQSHni Eron neftini olish uchun Hormuz bo‘g‘oziga o‘z tankerlarini yuborishda davom etishi haqida ogohlantirgan edi.

custom img

Eron arab davlatlaridan tovon puli talab qildi

Yaqin Sharq mamlakatlari AQSH va Isroilning Eronga qarshi urushida ishtirok etib, xalqaro huquqni buzganlikda ayblanmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"