Jahon

Bugunning o‘zida Qirg‘iziston va Tojikiston hududida to‘rtta zilzila qayd etildi

Ulardan uchtasining magnitudasi 4 balldan yuqori.

Bugunning o‘zida Qirg‘iziston va Tojikiston hududida to‘rtta zilzila qayd etildi

 

Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabariga ko‘ra, Qirg‘izistonda Toshkent vaqti bilan 02:42 da sodir bo‘lgan zilzila magnitudasi 4,4 ballni tashkil etgan. Ikkinchi zilzila esa 04:58 da qayd etilgan bo‘lib, 4,3 ball deb aytilmoqda.

 

Tojikistonda esa Toshkent vaqti bilan 07:41 da 3,6 balli zilzila sodir bo‘ldi. Yer silkinishlarining navbatdagisi Toshkent vaqti bilan 08:01 da qayd etilgan va uning magnitudasi 4 ballni tashkil etgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"