Jahon

Boris Jonson NATO bosh kotibi bo‘lish harakatida

U bu gal omadi kelishiga ishonmoqda.

Boris Jonson NATO bosh kotibi bo‘lish harakatida

 

Buyuk Britaniyaning sobiq bosh vaziri Boris Jonson Shimoliy Atlantika alyansi bosh kotibi lavozimiga ariza berishini maʼlum qildi.

 

“Qadrli do‘stlar, shunday reja borligini alohida taʼkidlamoqchiman va zaxirada shunday nomzod borligini hech kim unutmasin, bu safar omadim keladi”, — degan u.

 

Shu bilan birga, Jonson Italiyaning sobiq bosh vaziri Mario Dragi NATOning navbatdagi bosh kotibi lavozimiga Yevropa Ittifoqi vakilini tayinlashni taklif qilganini eslatdi.

 

“Men uning fikriga mutlaqo qo‘shilmayman. Menimcha, Yevropa Ittifoqidan tashqarida boshqa nomzodlar ham bor. U Yevropa Ittifoqidan bo‘lishi shart emas. Albatta, men o‘zimni nomzod deb bilaman. Bu yaxshi va muhim pozitsiya”, — deya qo‘shimcha qildi u.

 

Jonsonning taʼkidlashicha, NATO hozir “har doimgidek kuchli” va tez orada unga yangi aʼzolar – Shvetsiya va Finlyandiya ham qo‘shiladi.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Boris Jonson Britaniyani Ukrainani qiruvchi samolyotlar va tanklar bilan taʼminlashga chaqirgan edi.

 

custom img

Epshteyn fayllarida Trampga aloqador hujjatlar yo‘qolgan — CNN

Yo‘qolgan hujjatlar orasida Trampni jinsiy tajovuzda ayblovchi guvoh bilan bog‘liq 3 ta intervyular bo‘lgan.

custom img

AQSh Isroilga F-22 qiruvchi samolyotlarini joylashtirmoqda

Dastlab 12 ta samolyot yuborilgan, ammo ulardan biri texnik nosozlik sababli qaytib kelgan.

custom img

Urush meni “do‘stlari yo‘q inson”ga aylantirdi — Zelenskiy

Ukraina prezidenti urush sharoitida faqat muhim va strategik masalalarga eʼtibor qaratishga majbur bo‘lganini taʼkidladi.

custom img

Bill Geyts Epshteyn bilan aloqalari uchun uzr so‘radi

U Epshteyn bilan vaqt o‘tkazish katta xato bo‘lganini aytgan.

custom img

Kim Chen In 13 yoshli qizini KXDR yadro kuchlari dasturi rahbari etib tayinladi — The Chosun Daily

U strategik qurollar bilan bog‘liq jarayonlarda faol ishtirok etib, generallardan hisobotlar qabul qilmoqda

custom img

Ukrainani tiklash salkam 600 mlrd dollarga tushadi

Mablag‘ning ko‘p qismi urushdan keyingi davrda transport sohasini tiklashga yo‘naltiriladi.

custom img

Sadir Japarov bosh vazir o‘rinbosari va sog‘liqni saqlash vazirini lavozimidan ozod qildi

Qirg‘iziston hukumatida yana kadrlar o‘zgarishi amalga oshirildi.

custom img

Pavel Durov terrorizmga yordam berganlikda ayblanmoqda — OAV

2022 yildan buyon Telegram messenjer bilan bog‘liq 153 mingdan ortiq jinoyat qayd etilgan bo‘lib, ularning 33 mingtasi terroristik va ekstremistik xususiyatga ega.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"