Jahon

Belarusda davlatga xiyonatda ayblangan amaldorlar o‘limga hukm qilinishi mumkin

Mamlakat parlamenti quyi palatasi ushbu normani joriy etishni ko‘zda tutuvchi qonunni maʼqulladi.

Belarusda davlatga xiyonatda ayblangan amaldorlar o‘limga hukm qilinishi mumkin

 

Belarus deputatlari davlatga xiyonat qilgan amaldorlarni o‘lim jazosiga hukm qilishni ko‘zda tutuvchi qonun loyihasini qabul qildi. Bu haqda parlament quyi palatasi matbuot xizmati xabar berdi.

 

Parlamentning yuqori palatasi maʼqullab, prezident imzolaganidan keyin ushbu norma kuchga kiradi.

 

Belarus o‘lim jazosi qo‘llaniladigan Yevropaning yagona davlati hisoblanadi.

 

 

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"