Jahon

Tovuq qariyaning “qotili”ga aylandi

Hodisa Irlandiyada sodir bo‘lgan.

Tovuq qariyaning “qotili”ga aylandi

 

Irlandiyada tajovuzkor tovuq Ballinaslou shahridagi keksa erkakning umriga zomin bo‘ldi. Bu haqda The Sun xabar berdi

 

Jasper Krausning yaralanganini qo‘shnisi ko‘rib qolgan. U erkakning qiziga telefon qilgan, shuningdek, “Tez yordam” brigadasini chaqirgan. Otasining yoniga kelgan qiz uy polida qon izlarini ko‘radi. U tovuqxonaga borgan.

 

Kraus bexush holda topilgan. Shifokorlar uning hayotini saqlab qolishga uringan bo‘lsa-da, bemor olingan jarohatlar natijasida vafot etdi.

 

Marhumning qizi keyinchalik tovuqlarning birida qon izlarini ko‘radi. U parrandani otasining o‘limiga sababchi deb hisoblaydi va yakunda haq bo‘lib chiqadi. Tovuq Krausni panjasi bilan tirnagan. Oqibatda erkak ko‘p miqdorda qon yo‘qotgan.

 

Marhumning salomatligi zaif bo‘lgan, u saraton va buyrak kasalligidan aziyat chekkan. Uning o‘limiga aritmiya sabab bo‘lgani aniqlandi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"