Jahon

Hindiston aprelda aholisi eng ko‘p davlatga aylanadi

Ammo hukumat mamlakatda qancha odam yashashini kamida 1 yilsiz aniqlay olmaydi.

Hindiston aprelda aholisi eng ko‘p davlatga aylanadi

 

Hindiston ikki oydan keyin aholisi eng zich davlatga aylanadi. Bu haqda Reuters xabar berdi. 

 

Aprelda mamlakat aholisi 1.4 milliarddan oshadi. Shu bilan birga uning aniq sonini kamida bir yil aniqlab bo‘lmaydi.

 

Hindistonda aholi har o‘n yilda ro‘yxatdan o‘tkaziladi. So‘nggi marta bu 2021-yilda amalga oshirilishi kerak edi. Ammo pandemiya tufayli ortga suriladi. Hozirda texnik va logistik muammolar tufayli buning imkoni yo‘q.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"