Jahon

Fransiyani kalamushlar bosib oldi

Ayrim joylarda ularning soni aholi sonidan oshib ketgan.

Fransiyani kalamushlar bosib oldi

 

Fransiya nafaqat migrantlar oqimidan, balki kalamushlardan ham aziyat chekmoqda. Butun mamlakat bo‘ylab kemiruvchilar soni keskin oshib ketdi.

 

O‘tgan yilda kalamush ovlovchilarga talab 35 foizga ko‘tarildi. Ayrim ekspertlar Lionda kalamushlar soni aholi sonidan oshib ketgani, Bordoda esa ularning farqi 2 baravarga yetganini aytmoqda.

 

Mutaxassislar bu darajadagi ko‘payishga ko‘chalardagi oziq-ovqat chiqindilari sabab bo‘layotganini aytmoqda. Gap shundaki, karantin cheklovlari bekor qilinishi bilan fransuzlar ko‘chalarda ovqatlanishga o‘tdi. Ikkinchidan global isish kalamushlar ko‘payishiga olib keladi.

 

Kemiruvchilarga qarshi kurash kasaba uyushmasi bir necha yil avval taqiqlangan kimyoviy zaharlash va ularning tishi o‘tmaydigan germatik chiqindi qutilari ishlab chiqarishni taklif qilmoqda.

 

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"