Jahon

Amerikalik ayol bolasi uxlamagani uchun uni otib tashladi

Bundan oldin u internet orqali miltiqdan foydalanishni o‘rgangan.

Amerikalik ayol bolasi uxlamagani uchun uni otib tashladi

 

AQSH sudi 28 yoshli Julissa Talerni olti yoshli o‘g‘lini o‘ldirishda aybdor deb topdi. U bolani uxlashni istamagani uchun otib tashlagan.

 

Tergov jarayonida maʼlum bo‘lishicha, bola uxlashdan bosh tortganidan keyin ayol o‘zi bilan qurol olib, bolani uydan olib chiqqan. Ular mashinaga o‘tirishgan va ona bolasiga to‘qqiz marta o‘q uzgan. Keyinchalik bolaning jasadi mashina yukxonasidan topilgan.

 

Bundan oldin ayol ov miltig‘idan qanday foydalanish bo‘yicha va olti yoshli bola qancha qon yo‘qotishi mumkinligi haqida internetdan maʼlumotlar izlagan.

 

2021 yil yanvar oyida Julissa Taler psixozni boshdan kechirayotgani uchun o‘g‘lining vasiyligidan mahrum qilingandi. Biroq qotillikdan ikki hafta oldin bola yana unga ishonib topshirilgan.

 

Endi ayolni shartli ozodlikdan mahrum qilish jazosi kutmoqda. Hukm 16 fevral kuni eʼlon qilinadi.

 

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"