Jahon

AQSH Yaponiyaga harbiy texnikasini joylashtiradi

Bu qarorning "bir uchi" Xitoyga borib taqaladi.

AQSH Yaponiyaga harbiy texnikasini joylashtiradi

 

AQSH hukumati Yaponiya va Xitoy o‘rtasidagi kuchlar muvozanatini taʼminlash uchun Tokiodan mamlakat hududida o‘zining «Tomaxavk» raketalarini joylashtirishga ruxsat so‘radi. 

 

Hisobotda Amerika Qo‘shma Shtatlarida ishlab chiqilayotgan LRHW uzoq masofali gipertovushli qurol va Tomaxavk qanotli raketasi borligi qayd etilgan.

 

Raketalarning joylashuvi hozircha nomaʼlum. Biroq Yaponiya hukumati vakili bu Kyushu va boshqa joylar bo‘lishi mumkinligini aytdi. Bundan tashqari, Hind-Tinch okeani mintaqasini aylanma patrul qilish usuli ko‘rib chiqiladi.

 

Avvalroq Xitoyning to‘rtta kemasi Yaponiya hududiy suvlariga kirgani haqida xabar berilgandi.

 

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"