Jahon

Fransiyalik fuqaro Atlantika okeani markazida bir o‘zi qolib ketdi

Yaxtada bo‘ron paytida boshqaruv moslamasi ishlamay qolgan.

Fransiyalik fuqaro Atlantika okeani markazida bir o‘zi qolib ketdi

 

“Admiral Gorshkov” fregati boshchiligidagi Shimoliy flot harbiy kemalari otryadi dengizchilari Atlantika okeanida halokatga uchragan yaxtadan Fransiya fuqarosini qutqardi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi xabar berdi.

 

“Shimoliy flot harbiy kemalari otryadidan Atlantika okeanining markaziy qismida uzoq masofali missiyalarni bajarayotgan tanker ekipaji halokatga uchragan yaxtadan favqulodda signal oldi. Yordam berish uchun ekipaj marshrutdan chetga chiqib, avariya sodir bo‘lgan hududga yo‘l oldi”, — deyiladi xabarda.

 

Tekshiruv guruhi yaxtaga yaqinlashib, bir erkakni shaxsiy buyumlari va iti bilan Rossiya tankeri bortiga olib ketgan.

 

Qutqarilgan shaxs Fransiya fuqarosi Lukas Monteu bo‘lib, u Atlantika okeanida yolg‘iz sayohat qilgan. Yaxtada bo‘ron paytida boshqaruv moslamasi ishlamay qolgan va yaxtaga suv kira boshlagan.

 

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"