Jahon

Birinchi Prezident shifoxonadan chiqdi

Nazarboyevning o‘tgan haftada yuragi operatsiya qilingandi.

Birinchi Prezident shifoxonadan chiqdi

 

Qozog‘istonning 82 yoshli birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev shifoxonadan chiqdi. Bu haqda Ostonadagi milliy kardioxirurgiya ilmiy markazi maʼlum qildi

 

"U ahvoli yaxshilanishi sababli chiqarildi", — deyiladi markaz axborotida.

 

20 yanvar kuni Nazarboyevning yuragi operatsiya qilingani maʼlum bo‘lgandi. Uning matbuot xizmati amaliyot muvaffaqiyatli o‘tganini qayd etgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"