Jahon

Turkiya Shvetsiyadan xafa

Anqara Shvetsiya mudofaa vazirining tashrifini bekor qildi.

Turkiya Shvetsiyadan xafa

 

Anqara Shvetsiya mudofaa vaziri Pol Yonssonning Turkiyaga tashrifini bekor qildi. Turkiya mudofaa vaziri bo‘lajak tashrifni “maʼnosiz” deb atadi. Bu haqda  Anadolu agentligi xabar bermoqda.

 

Turkiya Shvetsiya rasmiylarining bu mamlakatda bo‘layotgan antiturk harakatlariga eʼtibor bermagan pozitsiyasini nomaqbul deb hisoblaydi

 

“Biz Stokgolmdan bu yo‘nalishda chora-tadbirlar va aniq qadamlar qo‘yishini kutamiz”, — dedi Turkiya Mudofaa vaziri.

 

Shvetsiyada Kurdiston ishchilar partiyasi (PKK) tarafdorlari tomonidan aksiya rejalashtirilgan. Yanvar oyi boshida bir guruh faollar Stokgolmda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdog‘anga qarshi namoyishlar o‘tkazgan. Ushbu voqea tufayli Shvetsiya elchisi Turkiya tashqi ishlar vazirligiga chaqirildi.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Erdog‘an Shvetsiyaga ultimatum eʼlon qilgan edi. U Stokgolm 130 nafar “terrorchi”ni Anqaraga ekstraditsiya qilgandan keyingina Turkiya Shvetsiyaning NATOga kirishini maʼqullashini aytgan.

 

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"