Jahon

Eron Rossiyaga qiruvchi samolyotlar olishga yaqin

Buyurtma mart oyida yetkazib beriladi.

Eron Rossiyaga qiruvchi samolyotlar olishga yaqin

 

Tehron Moskvaga mudofaa tizimlari, raketalar va vertolyotlar buyurtma qilgan. 

 

Tasnim” agentligining xabar berishicha, su-35 ko‘p maqsadli supermanevrli qiruvchi samolyotlari 21-martgacha yetib kelishi kerak.

 

"Biz Rossiyaga mudofaa tizimlari, raketalar va vertolyotlar uchun buyurtmalar yubordik. Bu qurollarning aksariyati tez orada mamlakatga kiradi", — degan Milliy xavfsizlik va tashqi siyosat komissiyasi aʼzosi Shahriyar Haydariy.

 

Eron Harbiy-havo kuchlari qo‘mondoni, brigada generali Hamid Vahidiy 2022-yil sentyabrida Moskvadan su-35 sotib olish kun tartibida ekanini taʼkidlagan edi.

 

2022-yil 24-dekabr kuni Isroilning “i24news” telekanali Moskva va Tehron o‘rtasidagi harbiy kelishuvlarni kuzatuvchi razvedka manbalariga tayanib, Rossiya tez orada Eronga qiruvchi samolyotlar eskadrilyasini yetkazib berishi haqida xabar berdi.

 

Katta ehtimol bilan, bu dastlab Misr uchun mo‘ljallangan 24 ta su-35 qiruvchisi bo‘lgan, deb xabar berdi telekanl. Razvedka maʼlumotlariga ko‘ra, eronlik uchuvchilar allaqachon ushbu samolyotlarda mashg‘ulotlar olib borgan.

 

Eron o‘z navbatida Rossiyaga yetkazib berilgan 1700 ta drondan tashqari yana 300 ta Shahed-136 kamikadze dronlarining partiyasini yuborishi kerak edi. Moskva Ukrainaga zarba berish uchun Eron qurolidan foydalanganini rad etib keladi.

custom img

Sadir Japarov aholi punktlariga shaxslar nomini berishni taqiqladi

Qirgʻiziston prezidentining ta’kidlashicha, bunday masalalar jamiyatda bo‘linish va bahslarga sabab bo‘lmoqda.

custom img

Hormuz bo‘g‘ozidagi tanglik global oziq-ovqat inqiroziga olib kelishi mumkin — BMT

Bo‘g‘oz orqali yuk tashish tiklanmasa, yaqin oylar ichida oziq-ovqat narxlari keskin ko‘tarilishi mumkin.

custom img

O‘zbekiston fuqarolariag Germaniyadagi harbiy muzeyga kirish ta'qiqlandi

Shuningdek, Rossiya, Ukraina, Qozogʻiston, Ozarbayjon, Xitoy, Shimoliy Koreya va boshqa bir qator davlatlarga ham cheklov joriy etilgan.

custom img

Makron AQSh va Eronni Hormuz bo‘g‘ozini ochishga chaqirdi

Fransiya prezidenti shuningdek, Donald Tramp va Mas'ud Pezeshkianni Islomobodda to'xtatilgan muzokaralarni qayta boshlashga undadi.

custom img

AQSh va Eron yaqin kunlarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarni tiklashi mumkin — Reuters

Manbalarga ko‘ra, Tehron muzokaralarning yangi bosqichiga tayyor, AQSh pozitsiyasi esa hali noma’lum.

custom img

Saudiya Arabistoni AQShdan Hormuz blokadasini bekor qilishni talab qildi

Saudiya rasmiylari vaziyat keskinlashganida Bab al-Mandeb bo‘g‘ozi ham xavf ostida qolishi mumkinligini bildirdi.

custom img

Xitoy tankeri AQSh blokadasiga qaramay Hormuz bo‘g‘ozidan o‘tdi

Xitoy AQSHni Eron neftini olish uchun Hormuz bo‘g‘oziga o‘z tankerlarini yuborishda davom etishi haqida ogohlantirgan edi.

custom img

Eron arab davlatlaridan tovon puli talab qildi

Yaqin Sharq mamlakatlari AQSH va Isroilning Eronga qarshi urushida ishtirok etib, xalqaro huquqni buzganlikda ayblanmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"