Jahon

Afg‘onistonda 20 kishi sovuqdan vafot etdi

Shuningdek, qariyb 4 ming qoramol nobud bo‘lgan.

Afg‘onistonda 20 kishi sovuqdan vafot etdi

 

Afg‘onistonda havoning keskin sovib ketishi oqibatida 20 kishi vafot etdi.

 

Maʼlumotlarga ko‘ra, kamida 70 kishi Hirotdagi shifoxonaga keltirilgan. Qorni och va uyini isitishga qurbi yetmaydigan qashshoq aholi qahratondan ko‘proq aziyat chekmoqda.

 

Bundan tashqari, sovuqda qolgan 4 mingga yaqin bosh qoramol ham nobud bo‘lgan.

 

BMT insonparvarlik masalalari boshqarmasi xabar berishicha, bu hafta Afg‘onistonda havo harorati -35 darajagacha sovib ketishi kutilmoqda.

 

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"