Jahon

Yaponiya Ukraindagi mojaroning Osiyoga tasiridan tashvishda

Bosh vazir Kisida mintaqa davlatlarini ushbu vaziyatdan saboq olishga chaqirdi.

Yaponiya Ukraindagi mojaroning Osiyoga tasiridan tashvishda

 

Rossiyaning Ukrainaga qarshi bosqinchilik urushi natijasi Osiyo kelajagini belgilab berishi mumkin. Bu haqda Yaponiya Bosh vaziri Fumio Kisida maʼlum qildi.

 

Uning fikricha, Yevropa va Osiyo-Tinch okeani mintaqasi davlatlari urushdan zarur xulosalar chiqarishi lozim. Kisida bir davlat xavfsizligi ko‘pchilikni tashvishga solayotgani va KXDR tomonidan tobora kuchayib borayotgan tahdidlarni eslatib o‘tdi.

 

“Yaponiya va uning atrofidagi vaziyat Xitoyning harakatlari hamda Shimoliy Koreyaning yadroviy faoliyatining kuchayishi bilan jiddiylashib bormoqda”, — dedi Bosh vazir.

 

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"