Jahon

Vaʼda qilingan inqiroz qani?

Yevropada kuzatilayotgan energetik inqiroz natijasida og‘ir sanoatda ishlab chiqarish pasaydi. Ayrim tahlilchilar YEIga yirik iqtisodiy inqirozni “vaʼda qilgandi”. Ammo so‘nggi maʼlumotlar bu prognozlarni oqlamadi.

Vaʼda qilingan inqiroz qani?

 

So‘nggi 50 yilda kuzatilmagan energetik inqirozga qaramay, Yevropada sanoat ishlab chiqarishi o‘sishda davom etmoqda. Vaʼda qilingan inqiroz qani?

 

So‘nggi vaqtlarda turli OAVda YEIda ishlab chiqarish keskin pasaygani to‘g‘risida xabarlar ko‘paygandi. To‘g‘ri, turli tarmoq korxonalari yopilgani rost, ammo bu umumiy balansga taʼsir ko‘rsatgani yo‘q. Bir necha oy davomida ayrim kompaniyalar yopilganiga qaramay, boshqa yangilari ochilishda davom etdi. Bu yerda umumiy vaziyat va strukturani tushunish muhim.

 

2022 yilda eng ko‘p zarar Yevropa kimyo sanoatiga yetkazilgan. U yil davomida 15 foizga pasaydi (oxirgi 30 yildagi eng yirik inqiroz). Metallurgiya tarmog‘i 6,4 foizga qulagan. Xususan, temir qazib olish 12,6 foizga pasaygan.

 

Neft va gaz qazib olish 7,6 foizga kamaydi. Boshqa nometallurgiya minerallar qazib olish esa 4,4 foizga pasaygan. Ammo neft-gaz tarmog‘iga xizmat ko‘rsatish 15 foizga o‘sdi.

 

Qog‘oz va qog‘oz mahsulotlarini ishlab chiqarish 6,8 foizga kamaydi. Bu ko‘rsatkich yog‘och sanoatida minus 5 foizni va rezina ishlab chiqarishda minus 3,7 foizni tashkil etdi.

 

O‘sish, asosan, ilmiy tarmoqlarda kuzatilgan. Ishlab chiqarish shu yo‘nalishga qarab keskin siljigan. Masalan, farmatsevtika fantastik o‘sish qayd etgan — 33 foiz. Bu tarixda kuzatilmagan holat. Kompyuter va aloqa vositalarini ishlab chiqarish 18 foizga ko‘paygan.

 

Avtomobil va mashinasozlik tarmoqlarida ham rivojlanish kuzatilgan. Jumladan, avtotransport vositalari, tirkama va yarim tirkamalarni ishlab chiqarish 12 foizga oshgan.

 

Bundan shunday xulosaga kelish mumkinki, iqtisodiyotning yangi tarmoqlari keskin o‘sishni qayd etmoqda. Past marjinalli tarmoqlarda esa, aksincha, pasayish davom etmoqda.

 

custom img

Sadir Japarov aholi punktlariga shaxslar nomini berishni taqiqladi

Qirgʻiziston prezidentining ta’kidlashicha, bunday masalalar jamiyatda bo‘linish va bahslarga sabab bo‘lmoqda.

custom img

Hormuz bo‘g‘ozidagi tanglik global oziq-ovqat inqiroziga olib kelishi mumkin — BMT

Bo‘g‘oz orqali yuk tashish tiklanmasa, yaqin oylar ichida oziq-ovqat narxlari keskin ko‘tarilishi mumkin.

custom img

O‘zbekiston fuqarolariag Germaniyadagi harbiy muzeyga kirish ta'qiqlandi

Shuningdek, Rossiya, Ukraina, Qozogʻiston, Ozarbayjon, Xitoy, Shimoliy Koreya va boshqa bir qator davlatlarga ham cheklov joriy etilgan.

custom img

Makron AQSh va Eronni Hormuz bo‘g‘ozini ochishga chaqirdi

Fransiya prezidenti shuningdek, Donald Tramp va Mas'ud Pezeshkianni Islomobodda to'xtatilgan muzokaralarni qayta boshlashga undadi.

custom img

AQSh va Eron yaqin kunlarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarni tiklashi mumkin — Reuters

Manbalarga ko‘ra, Tehron muzokaralarning yangi bosqichiga tayyor, AQSh pozitsiyasi esa hali noma’lum.

custom img

Saudiya Arabistoni AQShdan Hormuz blokadasini bekor qilishni talab qildi

Saudiya rasmiylari vaziyat keskinlashganida Bab al-Mandeb bo‘g‘ozi ham xavf ostida qolishi mumkinligini bildirdi.

custom img

Xitoy tankeri AQSh blokadasiga qaramay Hormuz bo‘g‘ozidan o‘tdi

Xitoy AQSHni Eron neftini olish uchun Hormuz bo‘g‘oziga o‘z tankerlarini yuborishda davom etishi haqida ogohlantirgan edi.

custom img

Eron arab davlatlaridan tovon puli talab qildi

Yaqin Sharq mamlakatlari AQSH va Isroilning Eronga qarshi urushida ishtirok etib, xalqaro huquqni buzganlikda ayblanmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"