Jahon

Gruziya nima uchun Ukrainaga harbiy yordam bermaydi?

Mamlakat bosh vaziri o‘rinbosari bu masalaga oydinlik kiritdi.

Gruziya nima uchun Ukrainaga harbiy yordam bermaydi?

 

Gruziya o‘zini Ukraina nizosiga tortilishiga yo‘l qo‘ymaydi. Bu haqda mamlakat bosh vaziri o‘rinbosari Teya Sulukiani maʼlum qildi.

 

Bundan avval Ukrainaning Gruziyadagi ishonchli vakili Andrey Kasyanov “Yevropa haqiqati” nashriga yozgan maqolasida Kiyev Tbilisidan 2008 yilda taqdim etilgan “Buk” tizimlarini qaytirishni so‘raganini yozgandi. Gruziya mudofaa vazirligi bunga rad javobini berib, texnika uchun bir necha million dollar to‘langanini maʼlum qilgan.

 

“Javob bitta — gruzin hukumati Gruziya davlatini harbiy qarama-qarshilikka tortishga bo‘lgan urinishlarga yo‘l qo‘ymaydi. Shuning uchun biz mojaroning hech qaysi tomoniga harbiy yordam bermaymiz”, – degan Sulukiani.

 

Tbilisi bundan avval ham Kiyevga harbiy yordam ko‘rsatishdan bosh tortgandi. Ukraina prezidenti ofisi rahbari maslahatchisi Mixail Podolyak esa Gruziyani qariyb bir yillik nizodan keyin ham kimning tarafida turishni bilmaslikda ayblagandi.

 

custom img

Sadir Japarov aholi punktlariga shaxslar nomini berishni taqiqladi

Qirgʻiziston prezidentining ta’kidlashicha, bunday masalalar jamiyatda bo‘linish va bahslarga sabab bo‘lmoqda.

custom img

Hormuz bo‘g‘ozidagi tanglik global oziq-ovqat inqiroziga olib kelishi mumkin — BMT

Bo‘g‘oz orqali yuk tashish tiklanmasa, yaqin oylar ichida oziq-ovqat narxlari keskin ko‘tarilishi mumkin.

custom img

O‘zbekiston fuqarolariag Germaniyadagi harbiy muzeyga kirish ta'qiqlandi

Shuningdek, Rossiya, Ukraina, Qozogʻiston, Ozarbayjon, Xitoy, Shimoliy Koreya va boshqa bir qator davlatlarga ham cheklov joriy etilgan.

custom img

Makron AQSh va Eronni Hormuz bo‘g‘ozini ochishga chaqirdi

Fransiya prezidenti shuningdek, Donald Tramp va Mas'ud Pezeshkianni Islomobodda to'xtatilgan muzokaralarni qayta boshlashga undadi.

custom img

AQSh va Eron yaqin kunlarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarni tiklashi mumkin — Reuters

Manbalarga ko‘ra, Tehron muzokaralarning yangi bosqichiga tayyor, AQSh pozitsiyasi esa hali noma’lum.

custom img

Saudiya Arabistoni AQShdan Hormuz blokadasini bekor qilishni talab qildi

Saudiya rasmiylari vaziyat keskinlashganida Bab al-Mandeb bo‘g‘ozi ham xavf ostida qolishi mumkinligini bildirdi.

custom img

Xitoy tankeri AQSh blokadasiga qaramay Hormuz bo‘g‘ozidan o‘tdi

Xitoy AQSHni Eron neftini olish uchun Hormuz bo‘g‘oziga o‘z tankerlarini yuborishda davom etishi haqida ogohlantirgan edi.

custom img

Eron arab davlatlaridan tovon puli talab qildi

Yaqin Sharq mamlakatlari AQSH va Isroilning Eronga qarshi urushida ishtirok etib, xalqaro huquqni buzganlikda ayblanmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"