Jahon

Buyuk Britaniya Ukrainaga Apache vertolyotlarini berishi mumkin

Ushbu vertolyotning bir donasi 85 mln dollar turadi.

Buyuk Britaniya Ukrainaga Apache vertolyotlarini berishi mumkin

 

Buyuk Britaniya Ukrainaga Hellfire raketalari bilan jihozlangan Apache zarbdor vertolyotlarini yubormoqchi. Bu haqda The Mirror o‘z manbalariga tayanib xabar berdi.

 

Nashr suhbatdoshiga ko‘ra, Kiyev ushbu vertolyotlarni Challenger 2 tanklaridan so‘ng qabul qiladi. Tank yuborilishi haqida bundan avval Buyuk Britaniya Bosh vaziri Rishi Sunak maʼlum qilgandi.

 

“Apache o‘yin qoidasini o‘zgartiradi. Tanklar birinchi boradi. Vertolyotlarni ishga tushirish uchun maʼlum vaqt talab etiladi. NATOning boshqa aʼzolariga ham bu namuna bo‘ldi”, – degan manba.

 

Maʼlumotlarga ko‘ra, gap Apache AH64 E haqida ketmoqda, u o‘z seriyasidagi eng zamonaviy vetolyot sanaladi.

 

Har bir Apache 16 tagacha tankka qarshi Hellfire raketasi bilan qurollanishi mumkin. 4 ta shu kabi vertolyot 70 ta tankdan iborat butun boshli polkni yo‘q qilish imkoniyatiga ega. U Rolls Royce dvigatellari bilan jihozlangan, tezligi soatiga 300 kilometrga yetishi mumkin. Bir dona Apache 70 million funt-sterling (85,6 mln dollar) turadi.

 

Qayd etilishicha, ukrainalik uchuvchilar vertolyotni boshqarishni Buyuk Britaniyada o‘rganadi. Unga xizmat ko‘rsatish esa Ukraina bilan chegaradosh davlatlarda amalga oshiriladi.

 

custom img

Sadir Japarov aholi punktlariga shaxslar nomini berishni taqiqladi

Qirgʻiziston prezidentining ta’kidlashicha, bunday masalalar jamiyatda bo‘linish va bahslarga sabab bo‘lmoqda.

custom img

Hormuz bo‘g‘ozidagi tanglik global oziq-ovqat inqiroziga olib kelishi mumkin — BMT

Bo‘g‘oz orqali yuk tashish tiklanmasa, yaqin oylar ichida oziq-ovqat narxlari keskin ko‘tarilishi mumkin.

custom img

O‘zbekiston fuqarolariag Germaniyadagi harbiy muzeyga kirish ta'qiqlandi

Shuningdek, Rossiya, Ukraina, Qozogʻiston, Ozarbayjon, Xitoy, Shimoliy Koreya va boshqa bir qator davlatlarga ham cheklov joriy etilgan.

custom img

Makron AQSh va Eronni Hormuz bo‘g‘ozini ochishga chaqirdi

Fransiya prezidenti shuningdek, Donald Tramp va Mas'ud Pezeshkianni Islomobodda to'xtatilgan muzokaralarni qayta boshlashga undadi.

custom img

AQSh va Eron yaqin kunlarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarni tiklashi mumkin — Reuters

Manbalarga ko‘ra, Tehron muzokaralarning yangi bosqichiga tayyor, AQSh pozitsiyasi esa hali noma’lum.

custom img

Saudiya Arabistoni AQShdan Hormuz blokadasini bekor qilishni talab qildi

Saudiya rasmiylari vaziyat keskinlashganida Bab al-Mandeb bo‘g‘ozi ham xavf ostida qolishi mumkinligini bildirdi.

custom img

Xitoy tankeri AQSh blokadasiga qaramay Hormuz bo‘g‘ozidan o‘tdi

Xitoy AQSHni Eron neftini olish uchun Hormuz bo‘g‘oziga o‘z tankerlarini yuborishda davom etishi haqida ogohlantirgan edi.

custom img

Eron arab davlatlaridan tovon puli talab qildi

Yaqin Sharq mamlakatlari AQSH va Isroilning Eronga qarshi urushida ishtirok etib, xalqaro huquqni buzganlikda ayblanmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"