Jahon

Barcha urushlar tugaydi—BMT

BMT Xavfsizlik kengashi Moskva va Kiyevni yashartishga tayyor.

Barcha urushlar tugaydi—BMT

 

BMT Xavfsizlik kengashi Moskva va Kiyev o‘rtasida tinchlik muzokaralarining nazariy imkoniyatlarini muhokama qildi. Bosh kotib vakillari tomonlarga mojaroga barham berishda yordam berishga tayyor ekanligini bildirishdi.

 

“Jangovar harakatlar to‘xtashidan darak yo‘q. Harbiy mantiq ustunlik qilmoqda va hozirda muloqot uchun imkoniyat juda kam. Lekin barcha urushlar tugagani kabi bu ham tugaydi”, — deydi BMT Bosh kotibi o‘rinbosari.

 

Ukraina vakillari Rossiyani BMT Xavfsizlik Kengashidan chiqarish masalasini ilgari surdi.

 

“Bizga ayonki, yovuzlik bilan murosa qilish uchun o‘rin yo‘q. Chunki Ukraina urushni to‘xtatsa, u halok bo‘ladi. Biz bilgan dunyo o‘ladi. Agar Rossiya agressiyasini to‘xtatsa, urush tugaydi. Bu juda oddiy”, — deydi Ukraina Bosh vaziri o‘rinbosari.

 

Rossiya vakilining taʼkidlashicha, Moskva muzokaralarga tayyor. Lekin ular Rossiya maqsadlariga hissa qo‘shishi kerak, aks holda qo‘yilgan vazifalarga harbiy yo‘l bilan erishiladi.

 

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"