Jahon

Anomal sovuqlik Tojikistonni ham chetlab o‘tmadi

Taʼlim muassasalarida qishki taʼtil uzaytirildi.

Anomal sovuqlik Tojikistonni ham chetlab o‘tmadi

 

Tojikistonda tashkiliy-huquqiy shaklidan qatʼi nazar barcha taʼlim muassasalarida 20-yanvarga qadar qishki taʼtil muddati uzaytirildi. Bu haqda respublika taʼlim va fan vazirligi xabar qildi.

 

Mamlakatdagi barcha taʼlim muassasalarida qishki taʼtil 1-yanvardan boshlangan, biroq sovuq mavsum boshlanishi munosabati bilan avvaliga 16-yanvarga qadar uzaytirilgan edi.

 

Hozir Dushanbeda havo harorati minus 7 daraja. Prognozlarga ko‘ra, bugun tunda havo harorati minus 15 darajagacha sovishi kutilmoqda.

 

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"